Joriy yil 20 sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati hamda Turkiyaning Onur Group kompaniyasining Moldova va Ruminiya davlatlaridagi loyihalar böyiça direktori Bulent Tatar örtasida uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda IMV matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuv davomida ikki mamlakat örtasida davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida avtomobil yöllari, tunnellar quriş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan erişilgan kelişuvlar körib çiqilgan.

Xususan, DXŞ asosida 4P12 Bektemir – Çirçiq – Ğazalkent – Çorboğ qörğoni avtomobil yölining 6–77 km qismini asfalt-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilib, pulli yölga ötkaziş loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borilgan. Uçraşuv yakunida tomonlar loyihani amalga oşiriş böyiça tegişli hujjatlarni tayyorlaş va uni amalga oşiriş böyiça keyingi qadamlarni belgilab oliş yuzasidan kelişuvga erişdi.

Avtomobil yöllari qömitasi matbuot xizmatining Gazeta.uz’ga ma’lum qilişiça, transport vazirligi uşbu pulli yöl uçun hali tender ötkazmagan. Vazirlik uşbu kompaniya takliflari körib çiqilganini va loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari hali işlab çiqilmaganini ma’lum qildi. Şundan söng tender ötkaziladi va loyiha pudratçisi aniqlanadi, deya bildirgan vazirlik.

Ma’lumot uçun, Onur Group Turkiya, Ukraina, Xorvatiya, Tunis, Moldova, Saudiya Arabistoni, Ummon, Qatar, Ekvatorial Gvineya va Turkmaniston kabi 13 davlatda quriliş sohasida loyihalarni amalga oşirib keladi.