Londonda joylaşgan Hayot sifati instituti 2024 yil uçun dunyodagi eng baxtli şaharlarning yangilangan reytingini taqdim etdi.
Şaharlardagi baxtlilik darajasi kerakli resurslarning mavjudligi, demografik xususiyatlar va ijtimoiy şaroitlar kabi köplab omillarga boğliq, deyiladi tadqiqotda. Uşbu reytingdan jami 250 ta şahar örin olgan. Baholaş davomida şaharlar uç toifaga ajratildi: Oltin, kumuş va bronza.
Birinçi toifaga Orhus (Daniya), Tsyurix (Şveytsariya), Berlin (Germaniya), Gothenburg (Şvetsiya) va Amsterdam (Niderlandiya) kabilar kiradi. Bu guruhda jami 37 ta şahar mavjud.
“Kumuş” darajadagi baxtli şaharlar orasida Boston (AQŞ), Odense (Daniya), Oslo (Norvegiya), Melburn (Avstraliya) va Monako bor.
Uçinçi toifadagi baxtli şaharlar qatoriga Linz (Avstriya), Asan (Janubiy Koreya), Dyusseldorf (Germaniya), Uppsala (Şvetsiya), Maastriht (Niderlandiya) va boşqalar kiritildi.
Reytingdagi şaharlarning xilma-xilligiga qaramay, Markaziy Osiyodan birorta şahar röyxatga kiritilmagan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston 121 mamlakatni öz içiga olgan eng xavfsiz davlatlar reytingida birinçi örinda qayd etilgandi.











