Nyu-Yorkda bölib ötgan «G7+Ukraina» yiğilişida Yevropa Ittifoqi va 30 dan ortiq davlat Rossiya bosqinidan jabr körgan mamlakatni qayta tiklaş böyiça qöşma deklaratsiya qabul qildi. Payşanbaga ötar keçasi Ukraina prezidenti devonining rasmiy saytida e’lon qilingan uçraşuv yakunlari böyiça press-relizda qayd etilganidek, hujjatda Ğarbda muzlatib qöyilgan Rossiya aktivlaridan Kiyev uçun foydalaniş masalasi mavjud.
Deklaratsiya bandlari orasida «Ukrainaning YeIga a’zo böliş yölida tiklanişiga töliq yordam», 2023 yilda işga tuşirilgan Ukraina donorlar platformasini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, Kiyevga yil oxirigaça taxminan 50 milliard dollar miqdorida qöşimça moliyaviy yordam körsatiş kiradi. Buning uçun Ğarb mamlakatlarida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tuşadigan daromad işlatiladi va pulning bir qismi Ukrainaning «mudofaa ehtiyojlari»ga yönaltiriladi, deyiladi xabarda.
Deklaratsiyani imzolaşda AQŞda bölib turgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen, Britaniya boş vaziri Kir Starmer, Italiya va Kanada hukumat rahbarlari Jorja Meloni va Jastin Tryudo, şuningdek, AQŞ prezidenti Jo Bayden va 20 dan ortiq boşqa mamlakatlar vakillari iştirok etdi.
Bayden Ukrainani «qöllab-quvvatlaş tezlaşişini» e’lon qildi
Ukraina prezidenti devoni iqtibos keltirgan Baydenning sözlariga köra, deklaratsiya «Ukrainani hozir va kelajakda qöllab-quvvatlaşni yana bir bor tasdiqlaş uçun» keyinroq e’lon qilinadi.
Bundan taşqari, Amerika rahbari Kiyevni harbiy qöllab-quvvatlaşning yangi çoralari haqida gapirişini aytdi: «Ukraina ğalaba qozonişi uçun zarur bölgan narsaga ega bölişini va uning omon qolişi uçun kuraşini tezlaştiriş uçun bir qator harakatlarni e’lon qilaman».
26 sentabr kuni Bayden va AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harrisning Zelenskiy bilan alohida uçraşuvi bölib ötdi. Ukraina prezidenti mamlakatning unga qarşi oçilgan uruşdagi «ğalaba rejasi»ni taqdim etdi.
Baydenning Zelenskiy bilan muzokaralari oldidan AQŞ Mudofaa vazirligi Ukrainaga 375 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Mamlakatlar yetakçilarining uçraşuvi çoğida Qöşma Ştatlar Kiyevga 8 milliard dollar miqdorida qöşimça harbiy yordam berişi ham e’lon qilindi.












