Toşkent şahrining Çilonzor tumanida noqonuniy ravişda köp qavatli uy qurmoqçi bölgan “Komgul” MÇJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Bundan bir neça oy oldin Çilonzor tumanining Zuhurpolvon köçasidagi yer maydoni “Komgul” MÇJ tomonidan “dom” quriş maqsadida örab olingandi. Yaqinda örab olingan hududda mazkur MÇJ mansabdorlariga jinoyat işi qözğatilgani, ularning harakatidan norozi fuqarolar prokuraturaga murojaat qilişlari mumkinligi haqidagi e’lon paydo böldi.

Toşkent şahar prokuraturasidan Kun.uz'ga berilgan izohda keltirilişiça, fuqaro Ş.E. tanişi X.X. bilan til biriktirib, “Komgul" MÇJni taşkil qilgan. 

"Ular özganing mulkini firibgarlik yöli bilan talon-toroj qiliş maqsadida Toşkent şahri Çilonzor tumani Zuhurpolvon köçasidagi 8-uy manzilidagi böş yer maydonida göyoki 9 qavatli köp kvartirali uy-joy qurişni boşlab, buning uçun kotlovan qazişgan. Vaholanki, uşbu joyda quriliş işlarini olib boriş uçun tegişli ruxsatnoma olinmagan. Söngra fuqaro M.Mirzarasulovga göyoki uyning 4-qavatidan xonadon sotiş haqida soxta şartnoma tayyorlab, undan boşlanğiç tölov sifatida 31 ming AQŞ dollari olişgan hamda uşbu pullarni özlarining ehtiyoji uçun işlatib yuborişgan”, deyiladi prokuratura izohida.

Holat böyiça MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan 2024 yil 9 sentabrda Jinoyat kodeksining  168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 192-11-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işi prokuratura iş yurituviga olinib, 3 nafar şaxs gumon qilinuvçi sifatida jalb etilgan. Şuningdek, jinoyat oqibatida yetkazilgan 393 mln 703 ming söm pul mablaği Toşkent şahar prokuraturasining depozit hisobraqamiga topşiriş yöli bilan qoplangan.

Avvalroq, uşbu hududda yaşovçi aholi Kun.uz'ga murojaat qilib, yer uçastkasi örab olinişi va unda quriliş boşlanişi ğayriqonuniy ekanini, bu işlar garçi mahalla fuqarolar yiğini binosiga tutaş hududda yuz berayotgan bölsa-da, mahalla raisi quruvçilarni qöllayotgani, göyoki "aholi roziligi olingan" degan soxta hujjat tayyorlaganini aytgandi.