Norvegiya hukumati juma kuni barça ukrainaliklarga avtomatik boşpana berişni töxtatişini e’lon qildi. Endi Ukrainaning ğarbiy oblastlari – Lviv, Volin, Ivano-Frankivsk, Ternopil, Rovno va Karpatortidan kelgan qoçqinlarning arizalari alohida körib çiqiladi, deb xabar beradi RTE. Norvegiya hukumati bu hududlarni xavfsiz deb hisoblaydi, çunki ular frontdan uzoqda.
Norvegiya adliya vaziri Emiliya Enger Melning ta’kidlaşiça, 5,6 million aholiga ega mamlakat keng kölamli uruş boşlanganidan beri 85 mingga yaqin ukrainalik qoçqinlarni qabul qilgan — bu ba’zi şaharlarda uy-joy, soğliqni saqlaş va maktablar uçun ortib borayotgan yuklamani keltirib çiqaradi. Mel, şuningdek, boşpana izlovçilar orasida harbiy yoşdagi erkaklar uluşi ortib borayotganini, Ukraina esa Rossiya tajovuzini qaytariş uçun askarlarni yollaşga urinayotganini qayd etdi.
Uruşning dastlabki oylarida Norvegiya barça ukrainaliklarga boşpana bergan, biroq keyin qoidalarni kuçaytira boşlagan. Avgust oyida qabul qiliş markazlarida joylaşmasdan, mustaqil ravişda öz turar joylarini taşkil etgan qoçqinlar 520 yevro oylik nafaqadan mahrum böldi. Bunday markazlarda yaşovçilar uçun Norvegiya hukumati uy hayvonlarini saqlaş xarajatlarini qoplaşni töxtatdi. Şu bilan birga, Norvegiyadan Ukrainaga qaytişga qaror qilganlarga 1500 yevro miqdorida bir martalik tölov berila boşlandi.
Sentyabr oyida Oslo oğir yaralangan ukrainaliklarni Yevropaga tibbiy evakuatsiya qiliş dasturi uçun deyarli 9 million yevro ajratişi ma’lum böldi. Mamlakat boş vaziri Yonasa Gar Styorening sözlariga köra, uruş vaqtida Norvegiya samolyotlari 1931 nafar yarador ukrainalikni evakuatsiya qilgan – bu Ukrainadan Yevropaga davolaniş uçun olib kelinganlarning deyarli yarmi.












