Özbekiston 153-davlat — Botsvana (Janubiy Afrika) bilan diplomatik aloqa örnatdi. Bu haqda Nyu-Yorkda Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Botsvana TIV rahbari Lemogang Kvape qöşma kommyunikeni imzoladi.
«Botsvana yillar davomida jadal iqtisodiy ösişga erişib kelayotganini yuksak baholaymiz. Ikki mamlakat davlat va xususiy sektor vakillari örtasida faol hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldik», — dedi Özbekiston taşqi işlar vaziri özining Telegram kanalida.
Avvalroq Nyu-Yorkda Burundi, Kabo-Verde va Seyşel orollari bilan ham şunday hujjatlar imzolangan edi.

















