Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 27 sentabr, juma kuni Nyu-Yorkdagi «Tramp-tauer» osmonöpar binosida AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan uçraşdi. 40 daqiqa davom etgan suhbat davomida Tramp bölajak prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonsa, Ukrainadagi uruşni tugatişini yana bir bor ta’kidladi. Ukraina yetakçisi bilan suhbatdan söng Tramp ikkalasi ham «adolatli kelişuv»ni istaşlarini ta’kidladi.

«Bizning (Zelenskiy bilan) munosabatlarimiz juda yaxşi, özingizga ma’lumki, men prezident Putin bilan juda yaxşi munosabatdaman va öylaymanki, agar biz (Respublikaçilar partiyasi) ğalaba qozonsak, hammasini juda tez hal qilamiz», dedi Tramp uçraşuv oldidan jurnalistlarga. Zelenskiyning Trampning Ukraina bilan munosabatlari Rossiya Federatsiyasiga qaraganda yaxşiroq degan sözlariga javoban AQŞning sobiq prezidenti: «Tango uçun ikki kişi kerak böladi», deb javob berdi.

Zelenskiy: Putin ğalaba qozona olmaydi

Öz navbatida, Volodimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasi va Ukraina örtasidagi uruş boşlanmasligi kerak bölgani, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga esa «bu uruşni töxtatiş uçun bosim ötkaziş» kerakligini ta’kidladi. «U bizning hududimizda joylaşganini tuşuniş kerak», — deya ta’kidladi Ukraina rahbari.

Tramp Zelenskiy ham, Putin ham uruş tugaşini xohlaşini ta’kidladi. «Agar men ğalaba qozonsam, biz (uruş) adolatli yakun topişini köramiz», dedi Amerikaning sobiq prezidenti.

Uçraşuvdan söng Zelenskiy Trampni Ukrainaga taşrif buyurişga taklif qildi va u buni «albatta» qilişini aytdi.

Keyinçalik, AQŞning sobiq prezidenti bilan suhbatni izohlar ekan, Zelenskiy uni «juda samarali» deb atadi. «Ukrainadagi uruşni töxtatiş kerak degan umumiy fikrga egamiz. Putin ğalaba qozona olmaydi. Ukrainaliklar ğalaba qozonişi kerak», deb yozadi u.