Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan Donald Tramp bilan uçraşdi. Uçraşuv Nyu Yorkda, AQŞ sobiq prezidentiga tegişli bölgan «Tramp-tauer» majmuasida taşkillaştirildi.

«Men agar ğalaba qozonadigan bölsam, biz juda adolatli yakunga erişamiz deb öylayman. Çindan ham bu juda tez kelişuv böladi. Buni töxtatiş kerak. Prezident [Zelenskiy] ham bu yakunlanişini istamoqda. Va işonçim komilki, prezident Putin ham bu yakunlanişini istaydi. Va bu yaxşi kombinatsiya. Şunday ekan, biz barça uçun adolatli kelişuvga erişmoqçimiz», — degan Tramp muzokaralardan keyin Ukraina prezidenti bilan yonma-yon turib.

Uçraşuvdan oldin Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbatda Trampga uruşdagi «Ğalaba rejasi» haqida aytib bermoqçiligini bildirgan, u avvalroq bu hujjatni Jo Bayden hamda demokratlarning prezidentlikka nomzodi, vitse-prezident Kamala Harrisga ham taqdim etgandi.

Tramp Ukrainadagi uruşga bir kun içida barham berişini aytayotgan bölsa-da, bunga aynan qanday erişmoqçiligiga aniqlik kiritmaydi. Ayrim siyosatçilar va ekspertlar u Ukrainani Moskvaga hududiy yon berişga majbur qilişidan yoki mojaroni muzlatib qöyişidan xavotir bildirgan. Kiyevdagilar bir neça bor ikkala variantni ham qabul qilib bölmaydigan variant deb atagan.

Juma kuni jurnalistlar Trampdan Ukraina uruşni töxtatiş uçun Rossiyaga özining ayrim hududlarini berişga rozi bölişi kerakmi, deya söraşdi, Tramp esa şunday javob berdi: «Köramiz, voqealar rivoji qanday rivojlanarkan».

Tramp uçraşuvni u Zelenskiy bilan ham, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham yaxşi aloqalarga egaligi haqidagi gap bilan boşladi. «Bizning [Zelenskiy bilan] munosabatlarimiz juda yaxşi, va bilasizki, men prezident Putin bilan ham yaxşi munosabatlarga egaman. Va men öylaymanki, agar biz ğalaba qozonsak, unda barçasini juda tez hal qilamiz.

Bu davlat heç bir mamlakatda, heç qayerda bölmagan dözaxni boşidan ötkazdi. Bunaqasini heç kim körmagan. Bu dahşatli holat», — degan Tramp.

Tramp Zelenskiy bilan «a’lo darajadagi munosabatda» ekanligiga isbot sifatida u 2019 yilda demokratlar tomonidan boşlangan özini impiçmentga bölgan uriniş Zelenskiy ularning yöliga yurmagani tufayli ham muvaffaqiyatsiz yakunlanganini eslatdi.

«Biz osonlik bilan ğalaba qozonişimizning sabablaridan biri şundaki, Zelenskiydan söralganda, u prezident Tramp mutlaqo notöğri iş qilmaganini aytdi. U buni baland ovozda va aniq aytdi va şu bilan uydirmaga barham berildi. Bu juda olijanoblik edi», dedi Tramp.