Rossiyaning Kaliningrad şahri maktablaridan birida direktorning özbek tilini örganiş haqidagi taklifi mojaro keltirib çiqardi.
Qayd qilinişiça, 7-son maktab direktori migrantlarning rus tilini deyarli bilmaydigan farzandlari ustidan şikoyat qilgan mahalliy ota-onalarga özbek tilini mustaqil örganişni maslahat bergan. Şu sababdan ota-onalardan biri hatto migrantlarga qarşi pozitsiyasi bilan tanilgan millatçi taşkilot bölmiş «Russkaya obşçina»ga şikoyat qilgan. Biroq, boşqa ona direktorni himoya qilib, uning sözlari «kontekstdan yulib olinganini» aytdi.
«Mamlakatda qonuniy istiqomat qiluvçi barça bolalar ta’lim oliş huquqiga ega. Va ularni maktabga qabul qilmaslikka heç kimning haqqi yöq. Albatta, bitta sinfda ularning soni unçalik köp bölmasligi kerak, lekin körinişidan, boşqa iloji qolmagan. Balki bu direktorning aybidir, bilmayman. Lyudmila Nikolayevna şunçaki ota-onalarni özlarini migrant bolalarning örniga qöyişga çaqirdi, çunki ular uçun til örganiş ança qiyin, ular notaniş tilda öqişi kerak. Özbek tilida bir neça söz örganib, ularga yordam berişimiz mumkinligini yarim hazil qilib aytdi», dedi ona.
U şaharda köpinça özini tajovuzkor tutadigan migrantlar bilan boğliq muammo borligini tan oldi, ammo ayolning sözlariga köra, bunga «mahalliy aholining migrantlarni xuş körmasligi» sabab bölgan.












