Qibray tumanida joylaşgan Toşkent davlat agrar universiteti hududida sodir bölgan yonğin holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov işlari olib borilmoqda. Bu haqda IIBB axborot xizmati rahbari Bobur Tölaganov xabar berdi.

30 sentabr kuni Toşkent viloyatining Qibray tumanida joylaşgan Toşkent davlat agrar universiteti hududida yirik yonğin sodir böldi. Universitet matbuot xizmati yonğin universitet hududidagi Örmon xöjaligi agentligi binosida sodir bölganini ma’lum qilgandi.

«Universitet binolaridan birida sodir bölgan deb ta’kidlanayotgan yonğin aynan Örmon xöjaligi agentligi joylaşgan binoning tom qismida sodir bölgan», — ta’kidladi universitet matbuot xizmati. Uşbu post biroz vaqtdan keyin universitet Telegram-kanalidan öçirildi.

Öz navbatida, Örmon xöjaligi agentligi yonğin agentlik binosida sodir bölganini rad etdi.

«Örmon xöjaligi agentligi binosi yonib ketdi, deya ayrim ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Töğri, suv purkalişi evaziga binoning tom qismiga qisman zarar yetgan, lekin bu ham aytarli darajada emas», — deya agentlik izohini keltirgan ÖzA.

Agentlik binosi katta talafot körmagani, yonğin çiqqan universitet binolariga esa birmunça ziyon yetkazilgani qayd etilgan.

«Ayni paytda mutaxassislar guruhi voqea joyida iş olib bormoqda. Tez orada yonğin kelib çiqiş sabablari, yonğin asli qayerdan boşlangani, yetkazilgan ziyon, asl holat haqida batafsil ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.

FVV matbuot xizmatiga köra, 30 sentabr kuni soat 20:10 da Toşkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yonğin sodir bölayotganligi töğrisida FVBga xabar tuşgan.

Yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yonğin soat 21:36 da qurşab olingan va soat 22:10 da batamom öçirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmagan.

Yonğinni bartaraf etiş jarayonini Favqudodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qöldoşev bevosita joyidan boşqarib borgan.