Toşkent viloyati Qibray tumani hududida joylaşgan Toşkent davlat agrar universiteti binolarida yirik yonğin röy berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yonğin bir neça binoni töliq qamrab olgani aks etgan. FVV matbuot xizmati yonğin yuzasidan dastlabki ma’lumotni berdi.

«Bugun, 30 sentabr kuni soat 20:10 da Toşkent viloyati, Qibray tumanida joylaşgan Toşkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yonğin sodir bölayotgani töğrisida FVBga xabar tuşgan.

Şunga köra yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yonğin bartaraf etilmoqda. Vaziyat töliq nazoratga olingan», deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmagani aytilgan.

UPD. FVVning qöşimça axborotiga köra, yonğin soat 21:36 da qurşab olingan va bartaraf etiş işlari davom etmoqda.

Yonğinni bartaraf etişga barça zarur kuç-vositalar jalb etilgan, deyiladi vazirlik xabarida.