30 sentabr kuni Toşkent Davlat Agrar universiteti hududida yirik yonğin sodir böldi. Kun.uz muxbiri alangada qolgan binolar oldida bölib, falokat kölami bilan tanişdi. Guvohlarning sözlari va mavjud tasvirlar yonğin quyoş panellari örnatilgan tomda boşlanganiga işora qilmoqda. 2 ta bino butunlay yonib ketgan, yana ikkitasiga jiddiy şikast yetgan.
30 sentabr kuni Toşkent viloyatining Qibray tumanida joylaşgan Toşkent davlat agrar universiteti hududida yirik yonğin sodir bölgandi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda yonğin 9 qavatli öquv binosini qamrab olgani, yaqin atrofdagi binolarga ham ötgani aks etgan.

Yonğinni öçirişga 15 dan ortiq qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Universitet joylaşgan köçada avtomobillar harakati çeklanib, aholidan iloji boriça binodan uzoqroq böliş söralgan.
Ikki soat davom etgan yonğinni öçiriş operatsiyasiga favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qöldoşevning özi voqea joyida rahbarlik qilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmagan.

Yonğin haqida yana nimalar ma’lum?
Guvohlarning sözlari va mavjud tasvirlar yonğin quyoş panellari örnatilgan tomda boşlanganiga işora qilmoqda. Hududi 28 gektar maydon bölgan universitetdagi 2 ta bino butunlay yonib ketgan, yana ikkitasiga jiddiy şikast yetgan. Yonğin universitet binolariga jiddiy zarar yetkazgan. Bu binolar esa öquv binolari bölgan.

Hozirda mutaxassislar guruhi voqea joyida iş olib bormoqda. Yonğin kelib çiqiş sabablari, yonğin asli qayerdan boşlangani, yetkazilgan ziyon, asl holat örganilmoqda.
E’tiborlisi, yonğindan söng universitetning rasmiy telegram kanalida universitet 28 gektar maydonni egallagani, uning hududida bir qança taşkilot va idoralar, jumladan, Ekologiya vazirligi huzuridagi Örmon xöjaligi agentligi binosi ham joylaşgani, keçagi yonğin esa Agentlik binosining tom qismidan boşlangani aytilgan post paydo böldi.













