Yuzlab italyan kompaniyalari vakillari Toshkentda Markaziy Osiyo va Ozarboyjondan kelgan biznes doiralari bilan ko‘rishdi. O‘zbekiston esa Italiyadan sun’iy intellekt bilan ishlaydigan agrotexnologiyalarni xarid qilmoqchi. Ilm-fan yutuqlarini tezlik bilan qishloq xo‘jaligiga ko‘chirishgani sabab katta natijalarga erishishmoqda, deydi OAV bilan gaplashgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov.
Shu hafta Toshkentda “Italiya–Markaziy Osiyo–Ozarboyjon” biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yuzlab italyan va bu mintaqadagi kompaniyalar vakillari Toshkentda jiddiy kelishuvlarga erishmoqda. Xalqaro forum bu gal qishloq xo‘jaligida resurslarni tejovchi, ekologik barqaror va yuqori samarali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish tajriba almashishni maqsad qilgan.
Italiyada ham qurg‘oqchilik, lekin shunday sharoitda ilm-fan yutuqlarini qishloq xo‘jaligiga joriy qilishgani sabab katta yutuqlarga erishishmoqda, deydi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov. Vazir so‘zida davom etarkan, O‘zbekistonning Italiyadan o‘rganadigan jihatlari ko‘pligini qo‘shimcha qildi.
Qishloq xo‘jaligida bugun eng katta vazifalardan biri – sohani investitsiyaviy jozibador qilish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, eksport zanjirlarini mustahkamlash va albatta, qo‘shma korxonalarni yo‘lga qo‘yish.
Italiya savdo agentligi prezidentiga ko‘ra, Markaziy Osiyo va Ozarboyjonga allaqachon 2.5 mlrdlik eksport bor. Bu davlatlar, xususan, O‘zbekiston esa shu kunlarda Italiyadan yuqori sifatli va sun’iy intellekt bilan jihozlangan agrotexnologiyalarni xarid qilmoqchi.
“Biz Italiyadan 100 ga yaqin tashkilotni olib keldik, ularning 60 ga yaqini ishlab chiqaruvchilardir. Va biz ularni 200 ga yaqin mahalliy tashkilot va tadbirkorlar bilan uchrashtirdik. Natijada esa ishlab chiqaruvchilar va mahalliy mijozlar o‘rtasida kamida 450 ta biznes uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Shunday qilib, aytish mumkinki, biz Italiya va ushbu mintaqa, ya’ni Markaziy Osiyo va Ozarboyjon bilan ham savdomizni jadallashtirish mexanizmini yaratdik”, deydi agentlik prezidenti Matteo Zoppas.
Agar adashmayotgan bo‘lsam, bu mamlakatlar sizning qishloq xo‘jaligi texnikangiz va texnologiyalaringizni ko‘proq sotib olishga harakat qilmoqda, shundaymi? Va ularning talablari qanday?
“














