Davlat Dumasiga migratsiyaga oid beşta qonun loyihasi kiritildi, ular qatorida noqonuniy migratsiyani taşkil etganlik uçun jazoni kuçaytiriş haqidagisi ham bor. Şuningdek, deputatlar yana ikkita taşabbusni ma’qulladilar. Aynan nimani özgartiriş taklif qilinmoqda?

Rossiya Davlat Dumasining yaqinda boşlangan kuzgi sessiyasi, ehtimol, migrantlarga qarşi kuraş şiori ostida ötadi. Bu haqda BBC yozdi.

2 oktyabr kuni Rossiya parlamenti quyi palatasiga migratsiya siyosatiga oid beşta qonun loyihasidan iborat paket kiritildi. Hukumat va Oliy sud loyihalar böyiça ijobiy fikr bildirdi, heç qanday e’tiroz bölmadi.

Qonun loyihalaridan biri Rossiya Jinoyat Kodeksining 63-moddasi qoidalarini kengaytiradi, unda har qanday huquqbuzarlik uçun jazoni oğirlaştiradigan holatlar körsatilgan. Deputatlar ulardan birini «Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy bölgan şaxs tomonidan jinoyat sodir etiş» deb hisoblaşni taklif qilmoqda.

Uşbu tuzatişlar qabul qilingandan söng, sud noqonuniy migrantga töliq jazo tayinlaşi mumkin böladi, şu jumladan, yengillaştiruvçi holatlar mavjud bölsa ham. Sud hatto birinçi marta sodir etilgan yengil jinoyatlar uçun ham haqiqiy qamoq jazosini tayinlaşi mumkin.

Boşqa qonun loyihasi noqonuniy migratsiyani taşkil etişni (agar uyuşgan guruh tomonidan yoki «oğir yoki öta oğir jinoyatlar sodir etiş maqsadida» sodir etilgan bölsa) öta oğir jinoyatlar toifasiga ötkazadi.

Deputatlar jazoning pastki çegarasini kiritiş orqali uşbu moddaning dastlabki ikki qismini keskinlaştirmoqçi. Qonun loyihasida noqonuniy migratsiyani taşkil qilganlik uçun endi kamida ikki yillik qamoq jazosi belgilanişi taklif etilmoqda. Xuddi şunday qilmişlar «boşqa jinoyatni yaşiriş yoki uning sodir etilişiga kömaklaşiş maqsadida» yoki internetdan foydalangan holda sodir etilsa, 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanadi.

Deputatlar, şuningdek, hujjatlarni soxtalaştiriş uçun jazoni kuçaytirmoqçi, agar ular yordamida, masalan, Rossiyaga kiriş yoki migratsiya «propiskasi» qoidalari buzilgan bölsa. Bunday ma’muriy huquqbuzarlikka yöl qöygan yuridik şaxslarga 5 milliondan 10 million rublgaça jarima solinadi, agar qonunbuzarlik takroran sodir etilsa, jarima 10-60 million rubl miqdorida böladi.