Ruandada Marburg virusi bilan kasallaniş böyiça 36 ta holat aniqlangan bölib, bemorlarning 11 nafari vafot etgan. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyyesus Jyenevada ötkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«Ayni vaqtda mamlakatning 30 ta okrugida kasallaniş böyiça 36 ta holat tasdiqlandi, jumladan, ularning 11 tasi ölim bilan yakunlangan», — deydi Gebreyyesus.

JSST rahbarining qöşimça qilişiça, bemorlarning 25 nafari izolyatsiyaga olingan va ularga tibbiy yordam körsatilmoqda. Bemorlar bilan aloqaga kirişga 300 kişi ustidan nazorat örnatilgan.

Avvalroq Ruanda Soğliqni saqlaş vazirligi mamlakat hududidagi 30 ta tumandan yettitasida kasallik holatlari aniqlangandan söng mamlakatda uşbu kasallik ilk bor avj olganini tasdiqlagandi. JSST virus tarqaliş xavfini mintaqaviy darajada yuqori, ammo global miqyosda past deb baholamoqda. Şu bilan birga mutaxassislar kasallikka çalingani gumonlanayotgan bir kişi Raundani tark etganidan taşvişda.

Marburg virusi gemorragik isitmani keltirib çiqaradi, bu kasallikdan ölim darajasi 88 foizgaça yetişi mumkin. Virus töğridan töğri aloqa natijasida yuqadi. Kasallik belgilari orasida yuqori tana harorati, kuçli boş oğriği va holsizlik, şuningdek iç ketişi, qorin oğriği va köngil aynişi kuzatiladi.

Marburg virusi Ebola virusi bilan bir oilaga mansub. Kasallik öz nomini 1967 yilda Germaniyaning Marburg şahrida yuz bergan epidemiya tufayli olgan. Öşanda Germaniyaning Frankfurt, Serbiyaning Belgrad şahrida ham kasallaniş holatlari qayd etilgan.