Hukumat qaroriga köra, turoperatorlarga mablağ tijorat banklari orqali töğridan töğri taqdim etiladi.
Kreditlar bir xöjalik yurituvçi sub’yektga aylanma mablağlarni şakllantiriş uçun 25 milliard sömgaça miqdorda ajratiladi. Maqsadli mablağ beriş şartlari turoperator faoliyatini 1 yildan ortiq amalga oşiriş va kamida 15 foiz miqdorda öz mablağlarini jalb qiliş imkoniyati (şu jumladan bino va inşootlar körinişida) hisoblanadi.
Ajratilgan mablağlarning samarali va maqsadli foydalanilişini ta’minlaş uçun turoperatorlar quyidagilarni köpaytiriş böyiça majburiyat oladi:
- xizmat körsatilayotgan xorijiy sayyohlar sonini kamida 25 foizga;
- turistik xizmatlardan olinadigan daromadlarni kamida 25 foizga.
Ajratilgan mablağni quyidagilarga sarflaşga yöl qöyilmaydi:
- ilgari olingan kreditlar yoki boşqa qarzlarni qaytarişga;
- alkogol va tamaki mahsulotlarini işlab çiqarişga;
- işlab çiqariş (xizmat) maqsadlarida foydalanilmaydigan şaxsiy mulkni (mebel, mobil telefon, maişiy texnika va h.k.) sotib olişga;
- avtotransport vositalarini (qiymati kredit summasining 40 foizgaça bölgan, 8 va undan ortiq kişi siğadigan yengil avtomobillarni sotib oliş bundan mustasno) sotib olişga;
- ma’muriy xarajatlarni, şu jumladan xizmat avtomobillarini töxtaş joyiga qöyişni qoplaşga;
- bino va inşootlarni sotib oliş va qurişga.











