Tesla AQŞ bozorida standart quvvat zaxirasiga ega Model 3 elektromobillari savdosini töxtatdi, deb xabar beradi Reuters.
Yaqin vaqtga qadar elektr sedan kompaniya sayti orqali 38 ming 990 dollardan sotilayotgan edi. U Tesla modellari qatorida hamyonbop variant maqomiga ega hisoblanadi.
Elektromobilda Xitoyda işlab çiqarilgan litiy-temir-fosfatli akkumulyatordan foydalanilgan. May oyidan boşlab Amerika hukumati Xitoy batareyalari, şuningdek, alyuminiy, pölat va mineral resurslari uçun 25 foizli boj joriy etgandi.
Öşanda XXRda işlab çiqariglan quyoş fotoelementlari uçun boj 50 foizgaça, tayyor elektromobillar uçun esa 100 foizgaça kötarilgan. Bundan taşqari, Xitoy ehtiyot qismlari foydalanilgan elektr transportlariga 7,5 ming dollar miqdorida federal soliq solingan.
Hozirda Tesla’ning eng arzon modeli — Model 3 varianti 42 ming 490 dollardan sotilmoqda.
Iyun oyida esa Tesla xavfsizlik kamarini taqişdagi ogohlantiriş tizimida kuzatilgan nosozlik sabab AQŞda 125 mingdan ziyod avtomobilini çaqirib olişi ma’lum bölgandi. Aprelda esa Tesla 4 mingga yaqin Cybertruck elektromobillarini çaqirib olişi aytilgan edi. Uşbu maşinalarning gaz tepkisi detali almaştirilişi kerak.












