«Hizbulloh» guruhining sobiq rahbari Hasan Nasrulloh örnini egallagani aytilgan Hoşim Safuiddin ham Bayrutda Isroil samolyoti zarbasidan keyin halok bölgan, deb xabar bergan Al Arabiya telekanaliga vaziyatdan xabardor bölgan manbalar.

Ularning ma’lumotiga köra, Isroil 4 oktyabrga ötar keçasi Bayrut şahri janubiy çekkasiga, Safiuddinning bunkeri joylaşgani taxmin qilingan hududga yopirilma zarba yöllagan. «Hizbulloh» hozirça bu hujumdan keyin uning taqdiri haqida ma’lumot bermadi.

Livan xavfsizlik xizmatidagi uçta manba Reuters uçun izohida juma kunidan buyon Safiuddin bedarak ketganini aytişgan. Isroil qutqaruvçilar hujum joyida işlaşiga yöl qöymaslik uçun Bayrut janubi böylab zarbalarni davom ettirmoqda.

Isroil mudofaa armiyasi vakili, podpolkovnik Nadav Şuşaniy aviazarbalar «Hizbulloh» razvedkasi ştab-kvartirasiga yönaltirilganini ma’lum qilgan.

Al Arabiya xabariga köra, hujum vaqtida Safiuddinning yonida yordamçilari, eronlik harbiylar hamda «Hizbulloh» dala qömondonlari ham bölişgan.

Avvalroq Axios jurnalisti Barak Ravid isroillik rasmiylarga asoslangan holda 4 oktyabr kuni Bayrut böylab yöllangan aviazarbalar nişoni aynan Safiuddin bölganini aytgandi.

Hoşim Safiuddin 1964 yilda Livan janubidagi Dayr-Kanun an-Nahr şahrida tuğilgan. U amakivaççasi Hasan Nasrulloh bilan birga Najaf va Qumda öqigan. 1982 yilda «Hizbulloh» asosçilaridan biri bölgan, 1994 yilda — ijro qömitasi rahbariga aylangan, öşanda u bu guruh rahbarligiga ötgan Hasan Nasrulloh örnini egallagandi. Al Ghad ma’lumotiga köra, Nasrulloh 2008 yildayoq özi vafot etgan taqdirda guruh rahbarligi uçun amakivaççasi nomzodini taklif etgandi.

Al Arabiya ma’lumotiga köra, Safiuddin sönggi öttiz yillik mobaynida umumiy strategiyani işlab çiqişni Hasan Nasrullohga qoldirib, özi guruhning maxfiy işlari bilan şuğullangan. BBC Arabic naşri aniqlaştirişiça, u «Hizbulloh»ning siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyatini nazorat qilgan. 2017 yil mayida AQŞ va Saudiya Arabistoni Safiuddinni terrorçilar röyxatiga kiritgandi.

Safiuddinning öğli Rizo eronlik general, 2020 yil yanvarida Iroq poytaxti Bağdodda AQŞ aviazarbasi oqibatida öldirilgan Qosim Sulaymoniyning qiziga uylangan. Sulaymoniy harbiy strateg va Eron taşqi siyosati mafkuraçisi edi. Safiuddin u bilan quda bölişi «Hizbulloh»ning Tehron bilan qançalik yaqin aloqa boğlaganini körsatardi.

29 sentabr kuni El Balad, Al Arabiya va Al Hadath öz manbalariga tayanib, Safiuddin «Hizbulloh»ning yangi boş kotibi etib saylangani haqida xabar tarqatgandi. Ammo guruhning özi bu ma’lumotni rad etdi. «Biz aniqlik kiritişni istardikki, boş kotibning şahidligidan keyin «Hizbolloh» rahbariyatidagi taşkiliy jarayonlar töğrisida ayrim naşrlarda aylanayotgan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi», — deyilgan bayonotda.

Hasan Nasrulloh 28 sentabr kuni Isroil Bayrut janubidagi yerosti ştabiga yöllagan aviazarba oqibatida halok böldi. U taşkilotga 1992 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan. Harakat rahbariyati uning ölimidan keyin Ğazo, Falastin, şuningdek Livanni qöllab-quvvatlaş uçun «duşmanga qarşi jihodni davom ettirişi»ni ma’lum qilgandi.