Nizomga köra, reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlaş Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi bilan şartnoma qilgan birlamçi tibbiy-sanitariya muassasasi şifokori tomonidan amalga oşiriladi.
Elektron retsept tibbiy axborot tizimida şifokor tomonidan tegişli yozuvlari mavjud bölgan bemor uçun rasmiylaştiriladi. Elektron retseptda har bir taşxis böyiça uçtagaça dori vositasi körsatilişi mumkin.
Elektron retseptda birlamçi tibbiy-sanitaniya muassasasi nomi va retsept raqami hamda berilgan sana aks ettirilişi zarur.
Şuningdek, unda bemorning ism-şarifi, JŞŞIR, tuğilgan sanasi bölişi şart. Elektron retseptning amal qiliş muddati rasmiylaştirilgan kundan boşlab 7 kunni taşkil qiladi.
Şifokor tomonidan rasmiylaştirilgan elektron retsept örnatilgan tartibda tasdiqlangandan söng axborot dasturi orqali jamğarma bilan şartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravişda yuboriladi.
Reimbursatsiya dasturi doirasida iştirok etuvçi dorixonalarning berilgan dori vositalari böyiça sarf-xarajatlar mazkur dorilarning narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida jamğarma tomonidan tölab beriladi.
Ma’lumot uçun, Reimbursatsiya — bemorlarni ambulator şaroitda davolaş uçun şifokor tomonidan rasmiylaştirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini beriş va berilgan dori vositalari qiymatini jamğarma tomonidan qoplaş dasturi.
Nizom qoidalari bilan bu yerda batafsil tanişişingiz mumkin.

















