Qish uchun 5 mlrd kub metrdan ortiq gaz omborlarga jamlandi - energetika vaziri
Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,1 mlrd kub metr ko‘proq ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: «Gazli» gaz ombori
Qish uchun «Gazli» va «Xo‘jaobod» yerosti gaz omborlariga 5 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxira qilib qo‘yildi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.
«Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik barvaqt boshlangan. Fevral oyidayoq prezident tizimlarni tayyorlash…, gaz qazib chiqarish, yetkazib berish, taqsimlash va generatsiyani tayyorlash bo‘yicha topshiriq bergan», dedi u «Lolazor» podkastidagi chiqishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil davomida elektr energiyasi generatsiyasiga, qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirishga e’tibor berilgan. Chunki oldingi yillarda iste’mol oshib borishi, yangi quvvatlar esa yetarli darajada qo‘shilmagani tufayli muammolar bo‘lgan.
«Bu o‘rinda eng muhimi — qayta tiklanuvchi energiya manbalarining generatsiya quvvatlarining ishga tushirilishi… Barcha yoqilg‘i turlari zaxiralarini tayyorlash bo‘yicha ham tayyorgarlik ko‘rildi», dedi Mirzamahmudov.
Vazir, shuningdek, qish mavsumi uchun yoqilg‘i zaxirasini yaratish masalasiga to‘xtaldi.
«Bugungi kunda bizda qish mavsumi uchun yerosti gazni saqlash omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz jamlandi. Agar solishtiradigan bo‘lsak, bu o‘tgan yilgi hajmlarga nisbatan 1,1 mlrd kub metr ko‘proq», dedi u.
Jo‘rabek Mirzamahmudovning qo‘shimcha qilishicha, «Gazli» omborining sig‘imi oshirilib, hozirda 4,5 mlrd kub metr gazni saqlay oladi. Hozir u yerda 4 mlrd kub metrdan ortiq gaz g‘amlab qo‘yilgan. «Xo‘jaobod» omborida esa 780 mln kub metrdan ortiq gaz zaxira qilib qo‘yilgan.
Vazirlikning rahbariga ko‘ra, So‘xdagi yerosti gaz saqlash omboridan foydalanishni tiklash bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, o‘rganishlar olib borilmoqda. Bu gaz omborining o‘zi Qirg‘iziston hududida, texnologik uskunalar, kompressor O‘zbekiston hududida joylashgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
O‘zbekiston | 14:25
-
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
Jahon | 14:20
-
O‘zbekiston va Britaniya energetika xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:11
-
AQShda Harvardning 2,2 mlrd dollarlik grantlari muzlatib qo‘yildi
Jahon | 13:59
Mavzuga oid

11:00
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi

07:29
Gaz korxonasiga qarashli gaz ballonlarini noqonuniy sotayotgan fuqaro aniqlandi

15:45 / 10.04.2025
8 tonna suyultirilgan gazni sotuvga noqonuniy chiqarish holati aniqlandi

15:09 / 09.04.2025