Rossiya Davlat Dumasi deputatlari «buzğunçi mafkura», jumladan kvadrobika tarğibotini taqiqlovçi qonun loyihasini işlab çiqmoqda. Bu haqda Davlat Dumasining ta’lim böyiça qömitasi raisi örinbosari Yana Lantratova ma’lum qildi.

«Men buzğunçi mafkura, jumladan, kvadrobika tarğibotini taqiqlovçi qonun loyihasini işlab çiqyapman. Bu harakatni ommabop va jozibador qilganlar jazolanişi kerak», dedi deputat.

Uning aniqlik kiritişiça, kvadrobika bilan şuğullangan bolalarni jinoyatçi emas, balki «taşviqot qurboni» hisoblanadi. Buning uçun bolalarning ota-onasi emas, balki kvadrobikaga qiziqiş uyğotadigan ma’lumotlarni tarqatayotganlar javobgar bölişi kerak.

Kvadrobika — bolalar va ösmirlar orasida ommalaşgan trend bölib, xobbi, submadaniyat va fitnes qorişmasi. Kvadroberlar hayvonlarning niqoblarini kiyadi, dum taqadi va hayvonlarga taqlid qilib, 4 oyoqda yuradi va sakraydi.