Isroil prezidenti Itsxak Gersog «Al Arabiya» naşriga bergan intervyusida Yaqin Şarqdagi siyosiy kuçlarni Eronga qarşi birgalikda kuraşişga va radikallarga qarşi kuraşda NATO kabi ittifoq tuzişga çaqirdi.
«Gersog mintaqa aholisi va siyosiy kuçlariga, xususan, Eron va Livan xalqiga murojaat qilib, Eron va uning yöldoşlariga qarşi birga turişga çaqirdi va bu erişiş mumkin bölgan maqsad ekaniga umid bildirdi», deyiladi telekanal xabarida.
«Agar qarşilik körsata olsak va birgalikda harakat qila olsak, albatta, biz yaxşiroq kelajakka va radikalizmga tösiq böladigan NATO kabi tuzilma yaratilişiga işonişimiz mumkin», dedi prezident.
Uning ta’kidlaşiça, Yaqin Şarq xavfsizligiga haqiqiy tahdid Erondir. Gersog Isroilning Eronga qarşi javob rejasi körib çiqilayotganini eslatib ötdi, ammo mumkin bölgan javob formati va vaqtini aniqlamadi.
Prezident, şuningdek, ötgan yil oktyabr oyida Hamas hujumidan keyingi Isroil harakatlarini himoya qildi va Isroil harbiylari xalqaro qonunlar va jangovar qoidalarga rioya qilganini aytdi. Bundan taşqari, u «Hizbulloh» harakati rahbari Hasan Nasrullohni yöq qiliş operatsiyasini qöllab-quvvatladi va «Hizbulloh» Isroilga nisbatan «strategik ahamiyatga ega bölgan narsani rejalaştirayotganini» tuşuntirdi.
Bundan taşqari, Gersog Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning mamlakatlar Isroilga Ğazo sektorida jang qiliş uçun işlatadigan qurol turlarini bermasligi kerakligi haqidagi sözlari munosabati bilan hafsalasi pir bölganini bildirdi.












