Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov 200 kilovatt soatlik ijtimoiy norma oşirilişi kutilmayotganini ma’lum qildi.
«Birinçidan, 200 kilovattlik norma ertaga oşiriş uçun emas, tahlil qilib, me’yorlardan va iste’moldan kelib çiqib, barçasini örganib çiqqandan söng kiritilgan. Öşanda tahlil qilinganda iste’molçilarning 60 foizdan ortiği 200 kilovattdan kam işlatgani ma’lum bölgandi. Undan ortiğini işlatsa işlatsin, faqat tabaqalaştirilgan tarifda», — dedi u.
Vazirning aytişiça, mamlakatda elektr energiya işlab çiqariş hajmi pasayib ketgan va bunga iste’mol kamligi sabab bölgan. Abonentlar soni oşganiga qaramay 2023 yilning mos davri bilan soliştirganda 2024 yil iyunidan sentabrigaça oylik iste’mol hajmi kamaygan.
Ya’ni, iste’molçilar ijtimoiy norma va tabaqalaştirilgan tariflar kiritilganidan söng elektr energiyasini tejay boşlagan.
«Kimdan sörasangiz «svet»imni öçirib yuribman, boşqa qilyapman [deyapti]», — dedi Jörabek Mirzamahmudov.












