Fizika böyiça 2023 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlariga Ohayo universiteti (AQŞ) vakili Per Agostini, Maks Plank instituti va Myunxendagi Lyudvig-Maksimilian universiteti (Germaniya) xodimi Ferens Kraus va Lund universitetidan (Şvetsiya) Ann L-Yuile aylandi. Nobel qömitasi öz qarorini 3 oktyabr, seşanba kuni e’lon qildi.

Mukofot atomlar va molekulalardagi elektronlarni örganiş uçun berildi. 

Fizika böyiça Nobel mukofoti 

Fizika böyiça 2022 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari amerikalik Jon Klauzer, fransuz Alen Aspekt va avstriyalik Anton Tsaylinger edi. Ular kvant texnologiyasining yangi davriga asos solgan eksperimental vositalarni işlab çiqqani uçun uşbu mukofotga sazovor bölgan. «Kvant holatlarini va ularning barça xossalarini manipulyatsiya qiliş va boşqariş qobiliyati bizga kutilmagan potensialga ega vositalarga kiriş imkonini beradi», deb tuşuntirgan qömita öz qarorini. Qömita uşbu tadqiqotning qöllanilişiga misol sifatida kvant kompyuterlari, kvant tarmoqlari va kvant şifrlaş bilan xavfsiz aloqalarni keltirdi. 

Fizika böyiça 2021 yilgi Nobel mukofoti nemis olimi Klaus Hasselmann, italiyalik Jorjio Parizi va asli kelib çiqişi yapon bölgan amerikalik Syukuro Manabega berilgan. Hasselmann va Manabe «Yer iqlimini fizik modellaştiriş, özgaruvçanlikni miqdoriy tahlil qiliş va global isişni işonçli prognoz qiliş» uçun mukofotlangan. Parizi «atomlardan sayyoralargaça bölgan miqyosdagi fizik tizimlarda tartibsizlik va tebranişlarning özaro ta’sirini kaşf etgani» uçun mukofotga sazovor bölgan. 

Hammasi bölib 1901 yildan beri fizika böyiça Nobel mukofoti 116 marta berilgan bölib, uni 222 kişi qölga kiritgan. Mukofot miqdori 10 million şved kronasini taşkil etadi.