Energetika vazirligida quyoş panellari böyiça murojaatlarni qabul qiliş uçun möljallangan telefon raqamlari soni oşirildi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda energetika vaziri qabulxonasidagi +99871-231-14-41 raqamiga qönğiroq qilib, boğlana olmagan fuqarolarning e’tirozi tarqaldi. Vazirlikning ma’lum qilişiça, 7 oktabr kunning ikkinçi qismidan boşlab, 8 oktyabr soat 20:30 ga qadar vazirlik qabulxonasiga jami 1232 ta qönğiroq bölgan.

Ularning 131 tasiga qabulxona xodimlari hamda vazirlik axborot xizmati tomonidan qabul qilinib, javob berilgan. Bitta qönğiroqqa örtaça 3 daqiqadan 6 daqiqagaça vaqt sarflangan. Mazkur vaqt oraliğida qabulxonaga yana 4-8 ta atrofida qönğiroq bölib turgan. Qabulxonada bir kişi telefonga javob berganligi sababli ularni qabul qilişning imkoni bölmagan.

Qabul qilingan qönğiroqlarning 54 tasi quyoş panellarini örnatişga davlat tomonidan qanday imtiyozlar berilişi, 28 tasi mahallasidagi elektr tayanç ustunini yangilaş, 31 ta qönğiroq quyoş paneli örnatişga majburlanayotganini aytgan fuqarolardan tuşgan bölib, ularning 14 tasi bu hodisa bir neça kun avval bölganini bildirgan.

«Ularning 6 nafari Energetika vazirligining «Quyoş paneliga majburlaş yöq» nomli materialini asos qilib keltirgan holda, bugungi kunda elektr energiyasini yoqtirib olişganini ma’lum qilgan, 8 nafar murojaatçi esa quyoş paneli qöyganini, bugungi kunda elektr energiyasi mavjudligini, ammo bunga majburlanganidan norozi ekanini aytgan. Şu bilan birga, örnatilgan quyoş paneli foydali ekanini his qilganliklarini ham bildirib ötişgan», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, faqat 17 ta qönğiroq egasigina bugungi kunda bu borada real muammoga ega ekanligini ma’lum qilgan. «Vazirlik xodimlari ularning murojaatlarini örganib, quyoş paneli örnatmagani uçun elektr energiyasidan uzib qöyilgan tadbirkorlarning elektr energiyasini ulatib berdi», — deya qayd etiladi xabarda.

Şuningdek, ikki kun mobaynida Toşkent şahrining Sergeli, Yaşnobod, Yunusobod hamda Bektemir tumanlari, Sirdaryo viloyatining Boyovut, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Farğona viloyatining Buvayda, Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanlaridagi bir qator tadbirkorlar elektr energiyasiga qayta ulangan.

Energetika vazirligiga köra, 7 oktyabr kuni keçasi soat 23:00 dan 8 oktyabr soat ertalabki 08:00 ga qadar aholidan qabulxonadagi telefon raqamiga 173 ta qönğiroq bölgan va ularning birontasiga javob berilmagan.