Google Play foydalanuvçilariga «Kasperskiy laboratoriyasi» ilovasidan foydalaniş çeklandi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

«Google kompaniyasi qaroriga köra, Android bazasidagi qurilmalarni himoya qilişga möljallangan ilovamiz vaqtinça Google Play rasmiy ilovalar dökonidan olib taşlandi», — deyiladi xabarda.

«Kasperskiy laboratoriyasi»dagilarning aytişiça, Googleʼning qarori Amerika hukumati tomonidan kompaniya mahsulotlarini tarqatiş va sotişga qöyilgan taqiqqa asoslangan. Ularga köra, Google AQŞ Savdo vazirligining ilovalarni mamlakat taşqarisida tarqatişni taqiqlamaydigan qarorini notöğri talqin qilmoqda.

«Mazkur çeklovlar AQŞdan taşqarida yuridik kuçga ega bölmasa-da, Google bir tomonlama tartibda Google Play’dagi barça mahsulotlarimizni öçirib taşladi», — deyiladi kompaniya xabarida. «Kasperskiy» vaziyatni barça manfaatdor tomonlar bilan faol muhokama qilmoqda.

Google dökonidan Android qurilmalariga örnatilgan barça ilovalar işlaşni davom etadi, pulli obunalar faolligiça qoladi, litsenziyalar va virus ma’lumotlar bazasini yangilaş bulutli infratuzilmamiz orqali boşqariladi.

Kompaniya öz ilovalarini boşqa onlayn dökonlar, xususan, Galaxy Store, Huawei AppGallery, Xiaomi GetApps'dan yuklab olişni tavsiya qilmoqda. «Tajribali foydalanuvçilar «Kasperskiy laboratoriyasi» ilovasini saytimizda mavjud APK-fayllar yordamida mustaqil örnatişlari mumkin», — deyiladi xabarda.

AQŞ Savdo vazirligi iyun oyida «Kasperskiy laboratoriyasi» dasturiy ta’minotlaridan foydalaniş va ularni sotişni taqiqlangan edi. Idoradagilarning ta’kidlaşiça, kompaniya Rossiya hukumati bilan qalin aloqaga ega va uning faoliyati AQŞ hamda uning fuqarolari xavfsizligiga tahdid tuğdiradi.

Vaşingtonning hisoblaşiça, «Kasperskiy laboratoriyasi» Amerika kompyuterlaridan maxfiy ma’lumotlarni öğirlaşi mumkin. Öz navbatida kompaniya AQŞ Savdo vazirligining qarori «mahsulotlarni texnik baholaşdan köra, hozirgi geosiyosiy vaziyat va nazariy xatarlarga asoslanganini» bildirdi. Kreml esa AQŞ kompaniya şu turdagi faoliyat bilan şuğullanadigan boşqa raqobatçilaridan yaxşiroq bölgani uçun unga sanksiyalar joriy etgan deb hisoblamoqda.