Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Masharipov: «Erondan kuchlimiz. Raqibning zaif tomonlari haqida esa gapirmayman, chunki bu yerda eronlik jurnalistlar ham o‘tiribdi»
O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov JCh-2026 saralashi doirasidagi Eron bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Eronga qarshi o‘yin haqida ortiqcha gapirib o‘tirish shartmas. Aytilganidek, ular bilan ko‘p o‘ynadik va bir-birimizni juda yaxshi bilamiz. O‘z maydonimizda kerakli natijani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Hammasi biz o‘ylagandek bo‘lishiga ishonaman.
Raqibning zaif tomonlari? Bu haqda hozir gapira olmayman. Chunki bu yerda eronlik jurnalistlar ham o‘tiribdi. Rejamiz bor va unga amal qilib, natijaga erishmoqchimiz.
Tarkiblar? Eronda top-5 ligada legionerlar kamaydi, lekin BAAdagi 3 futbolchisi bir klubda o‘ynamoqda va ular bir-birlarini juda yaxshi tushunadi. Ular BAAda o‘ynayotganida futbol maqsadi yo‘q, albatta. Umuman olganda esa nafaqat Eron, Osiyoning ko‘plab jamoalaridan kuchlimiz.
O‘tgan o‘yinlarda futbolchilarning inidividual mahorati qutqargani haqidagi fikrlarga qo‘shilmayman. Mening KXDRga urgan golim mashg‘ulotlarda ishlangan kombinatsiya natijasi. Aliqulov va O‘runovning Qirg‘izistonga urgan gollarida individuallik bilan birga jamoaviylik ham bor. Bizda yaxshi jamoa shakllangan va ichki muhit ham a’lo darajada», — deya Masharipovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Mavzuga oid
20:49 / 07.07.2026
«Dinamo» futbolchisi Bundesliga klubiga o‘tishi mumkin
09:41 / 04.07.2026
Kannavaro, ichki muhit, alamli 11 gol va Ronalduga qarshi jang: Rustam Ashurmatov bilan eksklyuziv suhbat
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026