Roskomnadzor geymerlar orasida maşhur bölgan Discord ijtimoiy media platformasini blokladi. Qaror Rossiya qonunçiligining buzilişi bilan boğliq, deb xabar qildi TASS va RIA Novosti 8 oktyabr, seşanba kuni.
Qonun talablariga rioya qiliş «messenjerdan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalaniş, ularni sodir etişga fuqarolarni jalb qiliş, noqonuniy ma’lumotlar joylaştirilişi munosabati bilan giyohvand moddalarni sotişning oldini oliş uçun zarur», — deyiladi idora matbuot xizmati xabarida.
Messenjer ma’muriyati Roskomnadzor talablariga rioya qilmadi
Şu bilan birga, ma’lum qilinişiça, avvalroq RKN Discord ma’muriyatiga idora noqonuniy deb hisoblagan 947 ta materialni olib taşlaş böyiça sörov yuborgan. Biroq, bunday materiallar bir neçta sahifalarda öçirilmadi.
«Bundan taşqari, 2023 yilda sud noqonuniy ma’lumotlarni öçirmagani uçun kompaniyaga 6 million rubl miqdorida jarima soldi — messenjer sud qarorini e’tiborsiz qoldirdi», — deya xabar beradi Roskomnadzor.
8 oktyabr kuni ertalab Rossiyada Discord messenjeri işida uzilişlar haqida xabar berilgan. Avvalroq Rossiya Federatsiyasida boşqa messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar, jumladan WhatsApp va Telegram işida nosozliklar bir neça bor qayd etilgan edi.












