All About Cookies kompaniyasi mutaxassislari tadqiqot ötkazdi va Android smartfonidan foydalanuvçilar işqiy munosabatlarda qiyinçilikka duç kelişi mumkinligini aniqladi.

Tadqiqotçilar 18 yoşdan oşgan 1000 nafar amerikalik orasida sörov ötkazdi. Ma’lum bölişiça, iPhone foydalanuvçilarining taxminan 22 foizi Android qurilmalari egalariga past nazar bilan qaraydi va deyarli 23 foizi bunday odamlar bilan heç qaçon uçraşmaydi. Erkaklarning 31 foizi va ayollarning 16 foizi Android foydalanuvçisi bilan işqiy munosabat boşlaşni istamasligini bildirgan.

Sörov natijalariga köra, Android smartfonlarini afzal körganlarning 52 foizi öz qurilmalari uçun masxaraga, 36 foizi esa jiddiy qoralaşlarga duçor bölgan. Ularning 26 foiziga yaqini smartfonidan xijolat bölganini tan oldi, 30 foizi esa masxaraga duç kelmaslik uçun iPhone smartfoni oliş haqida öylamoqda.

Sörovda qatnaşganlarning 99 foizi iOS yoki Android telefoniga ega edi. Tadqiqot iştirokçilarining qariyb 42 foizi masxaraga duç kelmaslik uçun, döstlari bilan muloqot qilişda WhatsApp kabi özga kompaniya ilovalaridan foydalanişga majbur ekanini tan olgan.