2017 yildan keyin innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari, suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari va qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan Azimjon Nazarov jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.

Sud hujjatida keltirilişiça, Azimjon Nazarovning jinoyati u 2008 yilda taşkil qilib, 2017 yilgaça yagona ta’sisçi va direktor sifatida boşqargan “Nazar Business and Technology” MÇJ bilan boğliq. Nazarov 2017 yil 28 dekabr kuni innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangaç, “Nazar Business and Technology” MÇJ rahbarligini göyoki boşqa odamga topşirib, özida yagona ta’sisçilikni saqlab qolgan.

2015 yil 24 martdagi prezident qaroriga asosan, “Janubiy Qoraqalpoğistonda suv resurslarini boşqarişni yaxşilaş” loyihasini amalga oşiriş yuzasidan Suv xöjaligi vazirligi va Jahon banki örtasida umumiy qiymati 376,71 mln AQŞ dollari bölgan qarz bitimi imzolangan. Suv xöjaligi vazirligi loyihani amalga oşiriş, kredit, qarz mablağlaridan maqsadli va samarali foydalanişga mas’ul etib belgilangan.

2016 yil 5 avgust kuni Suv xöjaligi vazirligining Jahon banki loyihalarini amalga oşiriş guruhi va Azimjon Nazarov ta’sisçiligidagi “Nazar Business and Technology” MÇJ örtasida “Monitoring va baholaş” hamda “Ijtimoiy himoya çoralari va atrof-muhitni muhofaza qiliş tadbirlarini amalga oşiriş töğrisidagi hujjatni yaratiş” böyiça 2016-2021 yillarda konsalting xizmatlarni körsatiş yuzasidan umumiy qiymati 950 320 AQŞ dollariga teng bölgan şartnoma imzolangan.

Azimjon Nazarov MÇJdagi örinbosari va boş hisobçi bilan davlat taşqi qarzi hisobidan mazkur loyihaga jalb qilingan mablağlarni qonunga xilof ravişda özlaştiriş yuzasidan jinoiy reja tuzgan. Unga asosan, loyihaga jalb qilingan mutaxassislar tomonidan haqiqatda bajarilmagan iş turlarini göyoki bajarilgani haqida yolğon ma’lumotlar kiritilgan tabel va hisob-fakturalar tayyorlaş orqali mablağlarni özlaştirişni yölga qöygan.

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xodimi tomonidan tuzilgan 2024 yil 7 martdagi umumiy dalolatnomaga köra, Nazarov va şeriklari loyiha doirasida şartnoma şartlariga zid ravişda haqiqatda bajarilmagan konsalting xizmatlarini göyoki bajarilgan deb körsatiş orqali “Nazar Business and Technology” MÇJga 17 ta holatda jami 562 428 AQŞ dollari pul mablaği ortiqça tölanişiga erişgan.

Bundan taşqari, hukmda keltirilişiça, Azimjon Nazarov suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan davrida mansabga sovuqqonlik bilan qaraşi oqibatida nasos stansiyalarini modernizatsiyalaşga aloqador yirik loyihaning qiymati 95,4 mln AQŞ dollariga köpaytirilgan, şuningdek, budjetdan 3,7 mlrd söm pul mablağlar asossiz sarflangan.