Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi ukrainalik harbiylar çorşanbaga ötar keçasi Bryansk oblastidagi harbiy omborga hujum qilgani haqida xabar berdi: ma’lum qilinişiça, bu yerda KXDRdan olib kelingan öq-dorilar va boşqa bombalar saqlangan. Rossiya FVVning Bryansk oblasti böyiça bölimi oblastning Karaçevskiy rayonida «portlaş xavfiga ega moddalar portlagani» haqida xabar bergan.
Çorşanba tongida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari hamda ayrim ukrain naşrlari Bryansk oblastida, Karaçev şahri atrofidagi öq-dori omborida portlaşlar va yonğin röy bergani haqida xabar tarqata boşladi.
Telegram-kanallarda çaqnaş va uzoqdagi portlaşlar aks etgan videolar joylaştirilgan. Bu xabarlarning mualliflariga köra, videolar mahalliy aholi vakillari tomonidan tasvirga olingan.
RF mudofaa vazirligining ertalabki hisobotida Bryansk oblastidagi portlaşlar va yonğin tilga olinmagan, rossiyalik harbiylar faqat region hududi uzra göyoki 24 ta dron urib tuşirilganini xabar qilgan. Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz ham öz telegram-kanaliga xuddi şunday xabarni joylaştirgan.
FVVning Bryansk oblasti böyiça bölimining şundan keyin e’lon qilingan ertalabki hisobotida «Bryansk oblasti Karaçevskiy rayonida 09.10.2024 sanasida portlovçi predmetlar portlaşi bilan boğliq munitsipial xarakterdagi favqulodda vaziyat» haqida gap ketadi.
Şu bilan birga, idora regionda favqulodda holat rejimi joriy etilmasligini ta’kidlagan.
Ukraina QK boş ştabi Bryansk oblastida Rossiya mudofaa vazirligining Raketa-artilleriya boşqarmasi 67-arsenaliga zarba berganini tasdiqlagan.
Ukrain harbiylari «arsenalda raketa va artilleriya tizimlari uçun, jumladan Şimoliy Koreyadan keltirilgan öq-dorilar, şuningdek, "suzuvçi" glissad bombalar saqlangani»ni bildirgan. Ularning katta qismi oçiq osmon ostida saqlangan, deyiladi Ukraina qurolli kuçlari xabarida.
«Bunday arsenallarga zarbalar berilişi Rossiya armiyasi uçun jiddiy logistik muammolar tuğdiradi», bu esa rossiyalik harbiylarning «yuriş qiliş imkoniyatlarini sezilarli darajada pasaytiradi», deya qöşimça qilgan Ukraina QK boş ştabi xabarida.
Sentyabr oyida, ukrain dronlari Rossiyaning Tver oblastidagi ikkita yirik öq-dori omboriga zarbalar yöllaganida, ukrain naşrlari Rossiya Raketa-artilleriya boşqarmasining Ukrainaga eng yaqin joylaşgan 67-arsenali Karaçev şahri atrofida ekani haqida yozgandi.



















