Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoşlar örtasida özini ma’lum bir hayvon qiyofasida aks ettiruvçi aksessuarlardan foydalangan holda öşa jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qiliş körinişidagi kvadroberlik submadaniyati namoyon bölmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, bu kabi voqealar Qozoğiston, Rossiya va Ukraina yoşlari orasida ham kuzatilgan. «Açinarlisi, bunday nomaqbul harakatlar Toşkent şahrida ham kuzatilmoqda», — deyiladi IIV xabarida. Xususan, 10 oktyabrda hayvonlar qiyofasidagi niqoblarni taqib olgan kvadrober uçratilgani, 11 oktyabrda esa yana bir kvadrober yölovçilarga itga taqlid qilib hujum qilgani, voqeaga guvoh bölgan bola qattiq qörqib ketgani xabar berilgan.

Ekspertlar fikriça, kvadroberlik bola öziga hayvonlarning agressiv harakatlarini qabul qilişiga, özini va atrofdagilarni jarohatlaşiga, bolaning hali töla şakllanmagan psixikasiga zarar yetişiga hamda uning jamiyatdan ajralib qolişiga olib kelişi mumkin.

«Özbekiston Konstitutsiyasining 77-moddasiga binoan, ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqişi, ularning tarbiyasi, ta’lim olişi, soğlom, tölaqonli va har tomonlama kamol topişi xususida ğamxörlik qilişga majburdir. «Ta’lim töğrisida»gi qonunga muvofiq, voyaga yetmagan ta’lim oluvçilarning ota-onasi bolaning öqişi, tarbiyalanişi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanişi uçun mas’uldir. Şuningdek, voyaga yetmagan ta’lim oluvçilarning ota-onasi öz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiliş ruhida tarbiyalaşi şart.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga muvofiq, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, şu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etişiga olib kelişi BHMning 5 barobarigaça (1 million 875 ming sömgaça) jarimaga tortişga sabab böladi.

Şu munosabat bilan Içki işlar vazirligi ota-onalarni öz farzandlarini har tomonlama barkamol qilib tarbiyalaş böyiça özlarining ma’naviy burçlari va qonuniy majburiyatlarini bajarişga çaqiradi. Bola huquqlari kafolatlarini ta’minlaşga mas’ul organlardan biri sifatida vazirlik şunday submadaniyat namoyon bölişi holatlari ota-onalar tomonidan öz majburiyatlarini bajarmaslik sifatida malakalanişini ma’lum qiladi.

Bundan taşqari, kvadroberlik bolaning ruhiy va emotsional soğliğiga qanday ta’sir etganligini aniqlaş maqsadida zarur hollarda bolalarni maxsus psixologik körikdan (konfidensial tarzda, bolani yakkalaş va diskriminatsiya qilinişiga yöl qöymaydigan döstona usullar orqali) ötkaziş ham talab etilişi mumkin», — deyiladi xabarda.