Frankfurter Allgemeine Zeitung (FAZ) gazetasi Ğarbning Rossiya bosqiniga qarşi kuraşda Ukrainani qöllab-quvvatlaş masalasida «çarçagani» haqida yozdi:
«Volodimir Zelenskiy Ğarbiy Yevropa poytaxtlari böylab qilgan safaridan oddiy birdamlik kafolatlaridan taşqari unçalik ahamiyatli narsalarni qölga kirita olmaydi. Safar AQŞ prezidenti Jo Bayden tomonidan «Milton» töfoni tufayli bekor qilingan «Ramştayn» formatidagi sammitning örnida tezkorlik bilan taşkil etilgan. [Ğarb tomonidan ]Ukraina şarqida keskinlaşib borayotgan vaziyatga köproq kuç bilan javob qaytariş borasida közga körinadigan heç qanday harakatlar bölmadi. Aksinça, Kreml xohlaganidek, uruşdan jabr körgan davlatni qöllab-quvvatlayotganlar tobora çarçab bormoqda. Buning sabablaridan biri Yevropadan taşqarida: Yaqin Şarqdagi eskalatsiya va uning potensial oqibatlari ğarb hukumatlaridan köproq e’tibor hamda diplomatik sa’y-harakat talab qiladi. Buning ustiga Berlindan Vaşingtongaça bölgan hukumat öz mamlakatlaridagi içki siyosiy kayfiyat özgarayotganiga munosabat bildirmoqda, garçi asosiy şaxslar Rossiya bilan tinçlik muzokaralaridan umid yöqligini yaxşi tuşunib turibdi. Bunda aybning bir qismi Ukraina hukumati zimmasida ham yotibdi — ular korrupsiyaga aloqador bölişi mumkinligiga şubha uyğotadigan qarorlar bilan ittifoqçilarini ğazablantirmoqda».
Frankfurter Rundschau gazetasi öz navbatida Zelenskiy Yevropadan quruq qöl bilan ketmayotganini ma’lum qildi:
London, Parij va Berlindagi ittifoqçilar Ukrainaga nisbatan birdamligini kuçaytirib, qurol-yaroğ yetkazib beriş borasida qöşimça va’dalarni berdi. Şunga qaramay, Zelenskiy bundan qanoatlanmagan bölsa kerak. Bunga nafaqat Rossiya hududiga uzoq masofaga möljallangan qurollar bilan zarba beriş böyiça ruxsat ololmagani, balki taşriflari Yevropadagi ittifoqçilarning Ukrainadagi harbiy vaziyatga e’tibori kamayganini körsatib qöygani sabab böldi. Xuddi şu narsa Kiyevning eng muhim ittifoqçisi bölgan AQŞga ham taalluqli. Bu yerda Zelenskiyning «Rossiyani tinçlikka majburlaş» maqsad qilingan «ğalaba rejasi» ham heç narsani özgartirmadi.
Rheinische Post gazetasida quyidagiça yozmoqda:
«Agar Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni rostdan ham harbiy kuç bilan muzokaralar stoliga ötqazmoqçi bölsa, Ğarbning strategiyasida sezilarli darajada özgarişlar bölişi kerakligi yanada oydinlaşmoqda… Ammo bunga erişiş uçun Germaniya, AQŞ va Ukrainaning boşqa ittifoqçi davlatlari siyosiy yetakçilari heç bölmaganda qanotli raketalar masalalari böyiça strategiyasini özgartirişi kerak.












