Şu yilning 9-10 oktyabr kunlari Özbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatilla Ergaşev va "Özbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Bahodir Siddiqov boşçiligidagi mamlakat delegatsiyasi Afğonistonda böldi.

Taşrif doirasida Afğoniston muvaqqat hukumati rahbariyati va rasmiylari bilan uçraşuv hamda muzokaralar bölib ötdi.

Özbekiston delegatsiyasi rahbari Ismatilla Ergaşev hukumat matbuot markazida Afğoniston boş vaziri örinbosari vazifasini bajaruvçi Abdul Ğani Barodar, Kon va neft vaziri vazifasini bajaruvçi Hidoyatulloh Badriy va boşqa rasmiy şaxslar iştirokida taşkil etilgan tadbirda iştirok etdi.

Ismatulla Ergaşev öz nutqida iştirokçilarni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Afğonistonni iqtisodiy integratsiya jarayonlariga jalb etiş böyiça taşabbuslari bilan taniştirdi.

2024 yil 29 avgust kuni Özbekiston-Afğoniston çegarasida oçilgan "Termiz" xalqaro savdo markazi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Uşbu markaz işga tuşirilgandan söng minglab afğonlarning turli tovarlar xaridi, savdo-sotiq qiliş maqsadida uşbu hududga borişi keskin köpaydi. Qayd etilişiça, markaz hududiga kiriş tartibi 15 kungaça bölgan muddatga kiriş vizasini rasmiylaştirmasdan amalga oşirilmoqda. Özbekiston-Afğoniston tadbiri yakunida Afğonistonning Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi "Tuti-Maydon" tabiiy gaz konini özlaştiriş böyiça şartnoma imzolandi.