Milandagi Xalqaro astronavtika kongressida Prada modalar uyi va Axiom Space xususiy kosmik kompaniyasi Oyga qöniş paytida foydalaniladigan skafandrni ilk bor namoyiş etdi.
Innovatsion materiallardan tayyorlangan skafandrlar Oyning yoruğ janubiy qutbidagi öta yuqori haroratga ham, doim soyada qoladigan hududlaridagi sovuq haroratga ham doş bera oladi.
Oçiq kosmosda astronavtlar uşbu skafandrlar içida kamida sakkiz soat yurişi mumkin.

NASA tomonidan amalga oşirilişi kutilayotgan Artemis III missiyasi doirasida 1972 yildan buyon birinçi marta odamlarni Oyga qöndirişga tayyorgarlik körilmoqda. Qöniş 2026 yil kuziga möljallangan. Undan bir yil oldin esa Artemis II tayyorgarlik missiyasi ötkaziladi, bu paytda astronavtlar Yerning tabiiy yöldoşi atrofini aylanib çiqadi.
Avvalroq NASAning Europa Clipper kosmik apparati Yupiterning tabiiy yöldoşi Yevropani tadqiq etiş uçun parvozga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi. U Yupiterga 5,5 yilda yetib boradi va Yevropa yuzasidan 25 kilometr uzoqlikdan ötadi — bu boşqa har qanday kosmik apparatdan sezilarli darajada yaqin demak.











