Robaxon Mahmudova jamiyat taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yölida samarali mehnat qilib, qadr topgan qadri uluğlar bilan dildan suhbatlaşar ekan, sönggi yillarda keksa yoşdagi fuqarolarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimi samaradorligini yanada oşiriş, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida töla huquqli iştirok etişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, katta avlodning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş, şuningdek, yoş avlodni xalqimizning köp asrlik an’analarini hurmat qiliş ruhida tarbiyalaş işidagi rolini oşiriş borasida köplab amaliy işlar qilingani, bu borada hududlarda şu kabi "Nuroniylar maskani" qurilib, foydalanişga topşirilayotganini alohida ta’kidladi.

“Biz uçun hayotingiz va faoliyatingiz ibrat, aytgan har gapingiz hikmat desam, yanglişmagan bölaman. Şuni alohida ta’kidlaşni istardimki, siz, sizlar timsolingizdagi yurtimizdagi barça keksa avlod vakillarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş partiyamizning kelgusi beş yillikda ham ustuvor vazifalaridan biri bölib qoladi. 2025-2029 yillarga möljallangan Saylovoldi dasturimizda keksa avlod haqida qayğuriş doimiy diqqat-eʼtiborimizda bölişini inobatga olib, bu borada keksalarga möljallangan turli-tuman tadbirlarni öz içiga oluvçi alohida kompleks soğlomlaştiriş dasturi işlab çiqiş, ayniqsa, qariyalar bilan işlaydigan şifokor-gerontologlar tayyorlaşni yölga qöyiş, şifoxonalar va poliklinikalarda qariyalar bilan işlovçi şifokor-gerontolog ştatini joriy etişni rejalaştirganmiz”, — dedi Siyosiy Kengaş raisi.

Şundan söng Özbekiston Qahramoni Botirjon Temirov Saylovoldi dasturidagi "qişloq xöjaligi sohasida kadrlar tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasini oşiriş", Özbekiston xalq artisti Sultonali Mannopov "umumta’lim maktablarida "Aqlli maktab" tizimini joriy etiş", mehnat faxriysi Manzuraxon Ahmadaliyeva esa "xotin-qizlarni zöravonlikdan asraş böyiça ijtimoiy muhofaza çoralarini kuçaytiriş" takliflarini qöllab-quvvatlab, ularning ahamiyati yuzasidan  öz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Reklama