Toşkentda parlament saylovi oldidan xalqaro hamkorlik taşabbuslari haftaligi ötkazilmoqda. Unda turli idora va vazirliklardan rasmiylar iştirokida davra suhbatlari rejalangan. Tadbirlarda 300 dan ortiq xorijiy mehmonlar qatnaşadi, deydi taşkilotçilar. Ta’lim transformatsiyasi haqidagi muloqotda qatnaşgan vazir Umarova Özbekistonning ta’lim siyosati xususida tuşuntiriş berib ötdi. Maqsadimiz sifatli ta’lim, deydi u.

“Özbekiston aholisining 50% dan ortiğini yoşlar taşkil qiladi. Maktablarda esa 8,7 million nafar öquvçilar öqimoqda. Maktabgaça ta’lim qamrovi esa 75% ga yetdi”, - deydi hukumat a’zosi.

Hilola Umarova şuningdek, öqituvçilarning til biliş darajasi ortib borayotganini alohida e’tirof etdi. Vazirga köra, 4 yilda xorijiy tillarni biliş sertifikatiga ega ustozlar soni 1 700 nafardan 28 mingdan ortiqqa oşgan.

Spikerlar orasida xalqaro ta’lim taşkilotlari vakillari, ekspertlar ham bor. BAA milliy maktablari taşkiloti rahbari Ahmed al-Bastaki fikriça Özbekistonda hamma ta’lim haqida yaxşi gaplarni gapiradi. Lekin davlat tizimda eski texnologiyalardan foydalanmoqda, ularni biroz zamonga moslaş kerak. Ta’lim dasturlarini esa yangilaş lozim, deydi u .

- Siz Özbekiston ta’lim tizimi böyiça biror nimani tahlil qildingizmi?

- “Ha, masalan, xalqaro imtihonlar kabi tizim qilişdi, bu ta’lim sifati uçun yaxşi. Bugun men öqituvçilar uçun treningda ham qatnaşdim, bu bir institutda böldi. Fikrimça, yaxşi ta’lim yaxşi öqituvçidan boşlanadi. Öqituvçi sifatli bölsa, ta’lim sifati ham oşadi”, - deydi Bastaki. 

- Xöş, qaysi real muammoni körsata olasiz?

- “Eski texnikalardan foydalanyapsizlar, ikkinçidan, hozir bor dasturni yangilaş kerak deb öylayman. Çunki dunyo ança ilgarilab ketdi. Masalan, sun’iy intellekt haqida ham boş qotirişingiz kerak. Çunki yoş avlod kelajak haqida köproq bilişi kerak. Ular 10 yildan keyin nima qiladi, qayerda işlaydi, degan savollarga javob topiş kerak”, - deya qöşimça qiladi BAA vakili.

Bugun Özbekistonda xususiy va davlat maktablari, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar bor. Tan oliş kerakki, ta’lim maktab turlariga köra farq qiladi. Bolalar bilimi va şuningdek, oilasi ijtimoiy holatidan kelib çiqib, maktabni tanlaşi mumkin. Lekin ikkinçi tomonda bu tendensiyaning kuçayişi tabaqalanişni keltirib çiqarmaydimi? Vazir örinbosari Sardor Rajabovga köra, bu tabaqalaniş emas. Çunki prezident va ixtisoslaşgan maktablari uçun pul tölanmaydi.