Çexiyada parlament saylovlari boşlandi, u mamlakat siyosiy yönalişini özgartirişga olib kelişi mumkin. Saylov uçastkalari 3 oktyabr, juma kuni soat 14:00 (Toşkent vaqti bilan 17:00)da oçildi va 22:00 (Toşkent vaqti bilan 01:00)gaça işladi, söngra şanba kuni ertalab oçiladi. Sakkiz milliondan ortiq fuqarolar ovoz beriş huquqiga ega va şanba kuni soat 14:00 (Toşkent vaqti bilan 17:00)gaça ovoz berişi mumkin.
ANO partiyasi rahbari, öng populist va milliarder Andrey Babiş tört yillik muxolifatdan söng hokimiyatga qaytiş uçun yaxşi imkoniyatga ega. STEM agentligi tomonidan ötkazilgan sörov natijalariga köra, uning siyosiy partiyasini saylovçilarning 29,3 foizi qöllab-quvvatlagan. Babiş, boşqa narsalar qatorida, Ukrainaga qurol yetkazib berişni töxtatiş tarafdori.
Çexiya boş vaziri Petr Fiala va uning öng markazçi «Birgalikda» (Spolu) bloki esa öz kuçini yöqotmoqda va faqat 20,5 foiz ovozga işonişi mumkin. Biznesmen Tomio Okamuraning öta öng, muhojirlarga qarşi «Ozodlik va töğridan töğri demokratiya» partiyasi uçinçi örin uçun kuraşmoqda.
Sotsiologlarning fikriça, ovoz beriş arafasida saylovçilarning uçdan bir qismi hali bir qarorga kelmagan. Nova kanalidagi sönggi teledebat paytida raqiblar bir birini yolğonçilikda aybladi. Babiş Yevropa Ittifoqining "yaşil kelişuv", migratsiya pakti va emissiya savdosi tizimi kabi taşabbuslarini keskin tanqid qildi. Fiala esa Babişning «mamlakatni şarqqa sudrab borişi» haqida ogohlantirgan.
«Rossiya bizni sinab körmoqda va şuning uçun biz kuçli bölib qoliş maqsadida qölimizdan kelganini qilişimiz kerak», dedi 61 yoşli boş vazir saylovçilarga murojaat qilib.

















