Isroil mudofaa kuçlari Hamas yetakçisi Yahyo Sinvar Ğazoda öldirilganini tasdiqladi. Bayonotda aytilişiça, 16 oktyabr kuni berilgan zarbalardan birida 3 nafar hamasçi yöq qilingan. Keyinçalik ulardan biri Sinvar ekanligi aniqlandi.
«Bir yillik «ov»dan keyin Sinvar bilan «hisob-kitob qilindi», dedi ştab boşliği, general mayor Gersi Halevi.
Isroil taşqi işlar vaziri Israel Kats butun dunyodagi hamkasblariga yuborgan maktubida Sinvarning öldirilişi isroillik garovga olinganlarni ozod qiliş va «Ğazoni Hamas va Eron nazoratidan xalos etiş» uçun «imkoniyat yaratişiga» işonç bildirdi.
Sinvar 2023 yil 7 oktyabrda Hamas tomonidan Isroilga qilingan hujumning asosiy taşkilotçisi va mafkuraçisi sanaladi. U Isroil qamoqxonalarida 20 yildan köproq vaqt ötkazgan va 2011 yilda almaşinuv doirasida ozod qilingan.

Sinvar 2017 yildan beri Hamasning Ğazo sektoridagi bölimiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. 2024 yil avgustida u Tehronda öldirilgan Ismoil Haniya örniga Hamas siyosiy byurosi rahbarligiga saylandi.
Isroil mudofaa kuçlari 17 oktyabr kuni Sinvar yöq qilingan bölişi mumkinligini e’lon qildi. Departament Ğazo sektorida uç jangari öldirilgani, ulardan biri Hamas siyosiy byurosi rahbari bölişi mumkinligini ma’lum qildi.
Isroilning Channel 12 kanali xabariga köra, isroillik harbiylar zarba berilgan binoda Sinvar borligini bilmagan. Hujumdan söng harbiylar binoga kirib, Sinvarga öxşaş odamning jasadini topgan. Jasaddan tiş fotosuratlari va DNK namunalari olingan, ekspertiza aynan şular orqali inson şaxsini aniqlaşga yordam beradi. Sinvar uzoq vaqt Isroil qamoqxonasida ötirgani sababli, uning şaxsini aniqlaş tezda amalga oşirilişi ta’kidlangan edi.












