Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) HAMAS yetakçisi Yahyo Sinvarning öldirilişi aks etgan yangi tasvirlarni e’lon qildi. Kadrlarda köçada turgan tank ikki qavatli binoning yuqori qavatiga qarata öq uzganini köriş mumkin. Portlaş oqibatida devorlar vayron bölgan. Video bino ustida uçayotgan drondan olingan.

TsAHAL tomonidan e’lon qilingan avvalgi videoda dron Yahyo Sinvar yaşiringan binoga uçib kirgani aks etgan edi. Kadrlarda yarador Sinvarning kresloda ötirgani körinadi. U bir qölini kötarolmaydi, boşqasi bilan Isroilning droniga qarata tayoq otadi, lekin u tegmaydi.

Isroil armiyasi xabariga köra, Sinvar hududda reyd ötkazayotgan harbiylar tomonidan tasodifan topilgan. Şu bilan birga, Sinvarning merganning otişi yoki tankdan öqqa tutilib öldirilgani borasida ham kelişmovçiliklar bor edi. Keyinroq TsAHAL matbuot kotibi Anna Ukolova uning tankdan otilgan öqdan halok bölganini aytdi.

«Oldin otişma böldi. Sinvar boşqa uyga qoçdi, uni dron payqab qoldi. Şundan söng uy tankdan öqqa tutildi», dedi u. Şundan söng isroillik harbiylar uyni boşqa jangarilar bor-yöqligini tekşiriş uçun borişdi. U yerda ular Sinvarning jasadini topib, «u ekanini anglab yetişdi».

Keyinçalik HAMAS öz yetakçisining ölimini tasdiqladi.