«Mançester Yunayted» va «Arsenal»ning ser Aleks Fergyuson va Arsen Vengerning uzoq yillik boşqaruvidan keyin yöliqqan muvaffaqiyatsizliklari singari, «Liverpul»ga ham Yurgen Kloppning 9 yillik erasidan söng, turnir jadvalining yuqori qismidagi örnini saqlab qoliş qiyin keçişi taxmin qilingandi.

Ammo mana Arne Slot mersisaydliklar bilan 10 ta öyin ötkazdi: klub Angliya liga kubogida 4-bosqiçda, Çempionlar ligasining liga bosqiçida maksimal oçko töplab turibdi va Angliya Premer-ligasi turnir jadvalining birinçi örnida bormoqda. 46 yoşli mutaxassis «Liverpul»dagi dastlabki 10 uçraşuvining 9 tasida ğalaba qozongan birinçi murabbiy böldi. Umuman, mavsum boşidagi ilk 10 öyinda 9 ta ğalabaga «Liverpul» öz tarixida 3 marta erişgan (bundan avval: 1961/62, 1990/91 yilgi mavsumlarda).

Va bu şunçaki boşlanişi ekanligini ham eslatib ötiş joiz. Unai Emeri «Arsenal»dagi 10 ta uçraşuvining 8 tasini yutgan edi, keyin esa… «Feyyenoord»ning sobiq murabbiyi uçun ham bir zumga ogohlikni qöldan boy beriş mumkin emas, çunki «Liverpul» ham katta özgarişlar arafasida bölişi mumkin. Har holda, yetakçilardan uç nafari: Muhammad Saloh, Virjil van Deyk va Trent Aleksandr-Arnoldning klub bilan amaldagi şartnomalari kelgusi yil yozida yakuniga yetadi va hozirça ular bilan kelişuvlar uzaytirilişi borasida jiddiy gap yöq.

«Liverpul»ning statistikalari mavzusiga qaytamiz va ular ayniqsa, mehmondagi uçraşuvlarda ajoyib köriniş olgan, zero safardagi uçraşuvlarda «Liverpul» 100 foiz natija qayd etdi. Ular orasida «Milan» va «Mançester Yunayted»ga qarşi katta öyinlarda erişilgan ğalabalar ham borligi uşbu natija qiymatini oşiradi. Soliştiriş uçun, «Liverpul» ötgan mavsumda mehmondagi 19 öyinning faqat 9 tasida ğalabaga erişa olgan (7 durang, 3 mağlubiyat). «Liverpul»ning muvaffaqiyatli starti haqidagi raqamlarni örganişda ular eng qulay taqvim asosida harakat qilganini yoddan çiqarmaslik kerak: «Ipsviç Taun», «Brentford», «Mançester Yunayted», «Nottinghem Forest», «Bornmut», «Vulverhempton» va «Kristal Pelas».

Muvaffaqiyatning asosiy sabablaridan biri «Liverpul»ning sobiq murabbiyi Yurgen Kloppning uslubi yangisinikiga juda öxşaş bölganida, deyiş mumkin. Ularning har ikkisi 4 nafar himoyaçi bilan harakatlanadi va qanotda katta masofa bosib ötib, raqib hududiga yorib kiriş qobiliyatiga ega vingerlardan unumli foydalanadi. Yarimhimoyadagi uslub biroz farq qilsa-da, har ikki murabbiyning talabi ham markazdagi futbolçilardan jamoaning qolgan qismi uçun ham «qora mehnat» qilişiga asoslanadi.

TNT Spors kanaliga mavsum avvalida bergan intervyusida Arne Slotning özi ham uşbu masalaga töxtalib ötgandi: «Menimça, siz ham mavsumoldi yiğinda ötkazgan uçraşuvlarimizda qurayotgan uslubimiz Yurgen Kloppnikiga juda öxşaş ekaniga guvoh böldingiz. Biz xuddi Yurgen davrida bölganidek töpga egalik qilişni xohlaymiz va töpsiz harakat qilgan vaqtimizda intensiv pressing amalga oşirişga harakat qilamiz. Yurgen davrida jamoa töp bilan ham juda intensiv harakat qilardi, lekin men töp nazorati bizda köproq saqlanib qolinişiga qarşi emasman. Balki, Yurgen ham töp nazoratini uşlab turişga qarşi bölmagandir, lekin mening uslubimda biz töpni köproq öz ixtiyorimizda saqlab turişga urinamiz».