Angliya: «MYu» va «Aston Villa»da kambeklar

«Mançester Yunayted» – «Brentford» - 2:1
Gollar: 0:1 – 45+5 Pinnok, 1:1 – 47 Garnaço, 2:1 – 62 Hoylund.
«Mançester Yunayted» – Onana, Martines, Evans, de Ligt, Diogu Dalot, Kazemiro (Ugarte, 88), Eriksen, Garnaço, Brunu Fernandeş, Reşford, Hoylund (Zirkze, 74).
«Brentford» – Flekken, Ayyer, Pinnok, Kollinz, van der Berg (Roerslev, 87), Yanelt (Yarmolyuk, 75), Nergor, Mbemo, Damsgor, Lyuis-Potter (Vissa, 66), Şade (Karvalyu, 74).

«Brentford» — ilk daqiqalarni dahşatli boşlaşi bilan ajralib turadigan jamoa. «Asalarilar» qatorasiga uç turda birinçi daqiqadayoq hisobni oçişdi, törtinçi öyinda esa ikkinçi daqiqada gol urişdi. Köpçilik qatorasiga beşinçi turda ham «Brentford»dan tezkor gol kutgandi, ammo «Old Trafford»dagilar bunga yöl qöyişmadi. Holbuki öyin aynan mehmonlarning hujumlari bilan boşlangandi, keyin esa mezbonlar taşabbusni öz qöliga olişdi. «MYu» hujum çiziğida doimgidek Garnaço öz faolligi bilan ajralib turdi, uning yaqin masofaga yöllagan zarbasini Flekken qaytardi.

34-daqiqada «MYu»da penaltiga teng vaziyat bölgandi. Eriksen darvoza qarşisiga töp bilan çiqib bordi va unga heç kim jiddiy qarşilik körsatmayotgandi. Bunday pozitsiyadan turib gol ura olmaslik gol urişdan qiyinroqdek köringandi, ammo daniyalik yarimhimoyaçining zarbasidan keyin töp darvoza tösini yuqorisidan ötib ketdi.

Birinçi bölimda unikal epizod yuzaga keldi. De Liht boşi bilan raqib futbolçisining tizzasiga zarba bergan holda fol işlatdi. Boş va tizza töqnaşgan bunday holatlarning 99 foizida boş bilan öynagan futbolçi foydasiga qaror çiqariladi. Ammo bu holatda aksi kuzatildi — himoyaçi raqib hujumini töxtatiş uçun harakat qilgandi. Bu holatda himoyaçining boşi yorildi, ammo u öyinni davom ettirişga qaror qildi.

Bu darhol bölmasa-da, öyinga ta’sir körsatmay qolmadi. «Brentford» ilk daqiqalarda gol urmagan bölsa ham, bölimning oxirgi daqiqalarida hisobni oçdi. Tanaffus arafasida de Lihtning boşi yana qonga belangan holatda edi va hakam reglamentga köra niderlandiyalik futbolçi tibbiy yordam uçun maydonni tark etişi kerakligini körsatdi. Aynan şu pallada «Brentford» burçak zarbasidan keyin hisobni oçdi. Pinnok Dalot ta’qibidan qoçib ketib, boş bilan zarba yölladi, bu holatda Onanada imkon yöq edi.