Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvçilari tomonidan Farğona kanaliga tuşib ketgan avtomobil olib çiqildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 19 oktyabr kuni 17:07 da FVBga Farğona viloyati Toşloq tumani "Naymanböston" MFYda yaşovçi fuqaro boşqaruvida bölgan Damas ehtiyotsizlik oqibatida Farğona kanaliga tuşib ketgani haqida xabar tuşgan.

Xabarga asosan FVV qutqaruvçilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va maxsus texnika hamda qutqaruv asbob-anjomlari yordamida maşina kanaldan çiqarib olingan.

Qayd etilişiça, Damas kanalga tuşib ketgan paytda uning haydovçi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ham bölgan. Ular maşina suvga tuşgan vaqtda öz harakatlari bilan quruqlikka çiqib olgan.