HAMAS Siyosiy byurosi rahbari lavozimiga ehtimoliy nomzodlar orasida Muhammad Darviş, Xalil al-Hayya, Muhammad Nazzol va Xolid Maşal bor, deb yozdi Asharq Al Awsat öz manbasiga tayanib.
Naşrning ta’kidlaşiça, HAMAS yangi yetakçining kimligini yaşirişga harakat qilmoqda. Harakat vakillarining aksariyati uning lavozimga tayinlanganidan keyin xavfsizlik nuqtai nazaridan ismi sir tutilişi tarafdori.
Manbalarning aytişiça, bunday çoralar HAMAS Siyosiy byurosining yangi rahbarini Isroil tomonidan ehtimoliy ta’qiblardan himoya qilişi mumkin. Harakat, şuningdek, muzokaralar qayta boşlangan taqdirda qarorlarni kim qabul qilişi borasida Isroil rasmiylarini çalğitmoqçi.
Isroil rasmiylarining bildirişiça, HAMAS yetakçisi Yahyo Sinvar 16 oktyabr kuni öldirildi. U avgust oyida özidan oldingi rahbar Ismoil Haniya öldirilganidan keyin, uning örniga tayinlangan edi.













