Markaziy bank 21 oktyabr kuni oltin quymalar va esdalik oltin tangalar narxlarini yangiladi. Qimmatbaho metallning 1 grammi narxi 1 mln 150 ming söm yoki 89,7 dollarga yetdi.

Ayni paytda 5 grammli oltin quymalar narxlari 5 mln 750 ming sömni, 15 grammli esdalik tanga narxi 17 mln 418 ming sömni taşkil qilmoqda. 

Qimmatbaho metallning joriy narxlari yil boşidagi narxlardan 35,5 foizga, 2023 yilning mos davridagi narxlardan esa 45,4 foizga yuqori.

Ma’lumot uçun, Özbekiston Markaziy banki oltin va kumuşdan tayyorlangan esdalik tangalarni 2018 yilda muomalaga çiqargan. 2020 yil noyabridan boşlab esa özbekistonliklarda jamğarmalarini quyma oltin şaklida saqlaş imkoniyati ham paydo böldi: Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini tijorat banklari orqali sotuvga çiqardi.

Oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib çiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta körib çiqiladi. Şunga köra, narxlar doimiy özgaruvçan xarakterga ega böladi.

Özbekistonda oltin narxlarining oşişi global narxlar ösişi bilan izohlanmoqda. Jahonda oltin narxi uzoq muddatli rekordlarni yangilaşda davom etyapti. Ayni paytda oltinning bir troya unsiyasi 2728 dollarga baholanmoqda, bu bir gramm uçun 87,7 dollarga töğri keladi.