Ötgan vaqt mobaynida Yahyo Sinvar asosan Ğazo sektori ostidagi tunnellarda, tan soqçilar guruhi himoyasida, Isroilda garovga olinganlarni jonli qalqon qilgan holda yaşiringani aytib kelingandi.

Yakunda esa Sinvarning ölimi Ğazo janubida isroillik harbiylar patruli bilan tasodifiy töqnaşuv vaqtida röy berdi. Bu vaqtda Sinvarga faqat ikki kişi hamrohlik qilgan, atrofda esa garovdagilar bölgani belgilari yöq.

Sinvarni bir yildan ortiq vaqt behuda qidirişdi — yakunda esa tasodifan öldirişdi

Isroil qömondonligi Sinvar halok bölgan joyda

Isroil hukumati uruşning ilk kunlaridan oçiqçasiga Sinvarni Ğazo sektoridagi asosiy nişoni sifatida e’lon qilgandi. Isroil mudofaa armiyasidagilar uni «tirik jasad» deb ataşgan va xoh tirik, xoh ölik topilmaguniça unga ov töxtamasligini qayd etişgandi.

CNN telekanalining amerikalik rasmiylar orasidagi manbalariga köra, isroillik harbiylar Sinvarni tutişga bir neça marta juda yaqin kelişgan. Bir safar ularning qöliga Hamas rahbari va uning oila a’zolari tunnellardan birida yaşiringani aks etgan video ham kelib tuşgan. Boşqa safar esa Sinvarga oid DNK belgilarini keyinroq avgust oyi oxirida garovdagi olti kişi jasadi topilgan tunnelda, öşa joydan bir neça yuz metr masofada uçratişgan.

Sinvar 16 oktyabr kuni Ğazo sektori janubidagi Rafah şahrida olib borilgan kundalik reydlardan biri vaqtida halok böldi. CNN telekanalining Isroildagi manbasiga köra, 828-brigada harbiylari atrofdagi binolardan biri tomon yugurayotgan uç kişini payqab qolib, öt oçgan va örtada otişma boşlangan. Isroilliklar tankdan ular yaşiringan binoni öqqa tutgan, şundan keyin vayron bölgan bino içkarisiga dron uçirilgan. Uçuvçisiz uçar qurilma yarodor Sinvar hayotining oxirgi lahzalarini videoga olgan: u xarobalar orasida stulda ötirgan, öng qöli jiddiy yaralangani uçun çap qöli bilan dron tomonga yoğoç parçasini uloqtirgan. Şundan keyin video uziladi.

Avvaliga Isroil mudofaa armiyasi u tank zarbasi oqibatida halok bölganini aytişdi, keyinroq Isroil Milliy sud-tibbiyot markazi boş patologoanatomi, jasadni oçib körgan Xen Kugel, Sinvarda boşqa oğir jarohatlar bölsa-da, uning ölimiga aynan boşidagi öq sabab bölganini ma’lum qildi.