Afğoniston özbekistonlik haydovçilaridan mamlakat hududida undiriladigan yiğimlar miqdorini umumiy hisobda 6500 afğoniyga (taxminan 99 AQŞ dollari) kamaytirdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Jumladan, Amudaryo köprigidan ötiş uçun avval 12 ming afğoniy (taxminan 182 AQŞ dollari) miqdorida undiriladigan yiğimni 28 sentabrdan 7 ming afğoniy (taxminan 106 AQŞ dollari) etib belgilandi.
Afğonistonga yuk maşinasining kirişi uçun avval 5 ming afğoniy (taxminan 76 AQŞ dollari) miqdorida undiriladigan yiğim esa 3,5 ming afğoniy (taxminan 53 AQŞ dollari) etib belgiladi.
Qayd qilinişiça, Transport vazirligi tomonidan Transafğon multimodal transport yölagi orqali yuk taşuvlariga qulay şaroitlar yaratiş, undiriladigan yiğimlar miqdorini optimallaştiriş böyiça işlar davom ettirilmoqda.

















