Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi BRICS sammitida yangi moliyaviy tizim qurişni taklif qilmoqçi, deb yozdi The Economist. Gap «Jahon moliyasi tizimidagi AQŞ hukmronligiga zarba berişga» qodir va bir yil içida yaratilişi mumkin bölgan BRICS Bridge tizimi haqida bormoqda.
Ta’kidlanişiça, BRICS Bridge qisman Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS) tomonidan boşqariladigan mBridge loyihasidan konsepsiyalarni olişi mumkin. Uşbu tizimning yaratilişiga Xitoy ham öz hissasini qöşgan va mBridge dasturiy ta’minoti bilan kodlarini taqdim qilgan. Naşr manbalariga köra, Xitoy BRICS Bridge tizimini yaratiş uçun özida mavjud işlanmalardan foydalanişi mumkin.
Maqola mualliflarining fikriça, BRICS tölov tizimi rivojlanayotgan iqtisodiyotlarni jalb qila oladigan arzonroq va tezroq tranzaksiyalarni ta’minlaydi. Ğarb rasmiylari ham bu sxema sanksiyalarni çetlab ötiş uçun işlab çiqilişi mumkinligidan xavotirda. Bu öz navbatida Qöşma Ştatlar pozitsiyasini zaiflaştiradi: Amerika xalqaro tölovlar uçun eng yirik markaz bölgani tufayli sanksiyalar orqali boşqa davlatlarga ta’sir qila oladi.
Eng jiddiy taşabbus - bu fiat valutalari tomonidan qöllab-quvvatlanadigan raqamli pullardan foydalaniş rejasi. Qayd etilişiça, bu holatda transçegaraviy operatsiyalar markazida dollar kliringidan foydalaniş imkoniyatiga ega banklar emas, balki markaziy banklar böladi. Bu, öz navbatida, heç bir mamlakat boşqasini moliya tizimidan uzib qöya olmasligini anglatadi.
«Tijorat banklari öz markaziy banklari orqali operatsiyalarni amalga oşirgani sababli, amaldagi korrespondent bank tizimining tarmoq ta’sirini çetlab ötib, xorijiy banklar bilan ikki tomonlama munosabatlarni saqlab qolişlari şart emas», deyiladi materialda.
Şu yil yozda Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov BRICS mamlakatlariga alohida platformada hisob-kitoblarni amalga oşiriş taklifini e’lon qildi. Oktyabr oyida u vazirlik BRICS Clear depozitar tizimini yaratiş ustida ham iş olib borayotganini qöşimça qildi.












