Jamiyat | 15:30 / 22.10.2024
19336
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi

Chilonzor tumanida Lacetti yo‘lni belgilanmagan qismdan kesib o‘tayotgan ikki piyodani urib yuborgan. Haydovchi va piyodalar halok bo‘lgan.

Toshkent shahri Chilonzor tumanida Lacetti boshqaruvidagi haydovchi ikki piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Holat 22 oktyabr kuni soat 06:20 larda Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘lgan. Mashina piyodalarni urib yuborib, daraxt bilan to‘qnashgan.

Yo‘l transport hodisasi oqibatida haydovchi va piyodalar olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid