Iqtisodiyotlari jadal rivojlanayotgan BRICS mamlakatlari yetakçilari Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tatariston Respublikasining poytaxti Qozon şahrida töplanib, ittifoqning kengayişi, savdoda dollarsizlaniş va mintaqaviy mojarolarni muhokama qildi.
22 oktyabr, seşanba kuni Qozonda boşlangan BRICS'ga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida 30 dan ortiq mamlakat vakillari iştirok etişi kutilgandi.
Joriy yilda Misr, Efiopiya, Eron va BAA a’zo bölganidan söng iştirokçilari soni 9 taga yetgan assotsiatsiya işi sönggi yillarda Rossiyaga qarşi Ukrainadagi mojaro fonida kiritilgan Ğarb sanksiyalari tufayli kun tartibiga tobora köproq kirib bormoqda.
Sammitning birinçi kunida BRICS'ga a’zo davlatlar rahbarlari va boşqa yuqori martabali rasmiylarining uçraşuvlari bölib ötdi. Ikkinçi va uçinçi kunlarda sammitda taklif etilgan davlatlar rasmiylari iştirok etadi.
Rossiya 2024 yilda BRICS'ga raislik qilyapti. Kengaytirilgan formatdagi birlaşma sammiti birinçi marta ötkazilmoqda va Ğarb davlatlarining Rossiya Federatsiyasini izolyatsiya qilişga urinişlari fonida alohida ahamiyatga ega.












